Reja I. Kirish II. Asosiy qism
Real sektor iqtisodiyotini o'rganish metodologiyasi
Download 69.73 Kb.
|
real sektor iqtisodiyoti
Real sektor iqtisodiyotini o'rganish metodologiyasi
Prognozlash va rejalashtirish metodologiyasi keyns va monetary nazariyalarga asosan amalga oshiriladi. Keyns nazanyasida asoslY e'tibor jami xarajatlar va uning tarkibiy qismlariga qaratiladi.Ushbu nazariy tenglama quyidagi ko'rinishda bo'ladi: C+G+I+(E-M)= Y, bunda: C - xususiy sektorda ichki iste'mol G - davlat xarajatlari: I - investitsiya; E-tovar va xizmatlar eksporti; M - tovar va xizmatlar importi; Y - oraliq iste'mol chegirib tashlangan tovar va xizmatlami hajmi. Iqtisodiy barqarorlik sharoitida tenglamani chap qismi (yalpi xarajat) o'ng qismiga teng bo'ladi (mamlakat ishlab chiqarish hajmi). Ushbu modelda YaIMning hajmini, eksport va import nisbati orqali «toza eksport»ni aniqlash imkoniyati tug'iladi. Monetar nazariyada, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda asosiy e'tibor pulning miqdoriga qaratiladi. Ushbu modelning asosini M.Fridmenning almashish tenglamasi tashkil qiladi: Md*V=P*Q, bunda: Md - pul taklifi; V - pulni aylanish tezligi; P - narx-navo darajasi; Q - tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning hajmi. Monetar siyosat liberal iqtisodiyotning muhim makroiqtisodiy vositasi hisoblanadi, u pul-kredit tizimini pulga bo'lgan talabga va tegishli ravishda foiz stavkalariga ta'sirini tariflaydi. Monetar siyosat tegishli ravishda real sektor rivojiga ta'sir ko'rsatadi, chunki pul miqdorini inflatsiya darajasi va YaIMning o'sish darajasi bilan bog'liq holda emissiya qilish iqtisodiyotni pulga (investitsiyaga) bo'lgan talabini to'liq qondirmasligi mumkin. Ammo, monetaristlar bu vosita orqali inflatsiyani karnaytirish va real sektorda noraqobatdosh ishlab chiqarishni bartaraf etish mumkin deb e 'tirof etadilar. Iqtisodiyotning real sektori va uni prognozlash fani o'zining metodologiyasi va tahlil usullariga ega. Iqtisodiyotning real sektori va uni prognozlashni o'rganishda qanday ilmiy tamoyillar asosida yondashilishi uning metodologiyasini anglatadi. Metodologiyaning asosini tizimli yondashuv tashkil etadi. Iqtisodiyotning real sektori sohalari real-xo'jalik faoliyatini o'rganish orqali ularga baho beriladi va rivojlanish istiqbollari prognoz qilinadi. Natijada, iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlari belgilab beriladi. Metodologik nuqtayi nazardan qaralganda, real sektorning yaxlitligi tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi. Real sektorning turli jihatlari alohida tahlil qilinadi va ular birgalikda bir majmua sifatida yaxlitlikda qaraladi. Real sektor subyektlari yagona bozor ishtirokchilari sifatida qanday vazifalarni bajarayotganligi, bundagi yondashuvlarning metodologiyasi lshlab chiqiladi. Iqtisodiyotning real sektorini o'rganishda yana bir metodologik tamoyil- bu sohalarning birligi va qarama-qarshiligi muammosini hisobga olinishidir. Boshqa sohalardagi o'zgarishlar real sektoriga ta'sir etishi va bunday sharoitda qanday qarorlar qabul qilinishi borasida tezkor choralar ishlab chiqilishining ilmiy asoslari yaratiladi. Iqtisodiyotning real sektorini o'rganishnmg yana bir metodologik tamoyili - bu real sektor va ijtimoiy masalalarning o'zaro bog'liqligini hisobga olinishidir. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektomi ijtimoiy masalalar bilan bog'liqligini inkor etib bo'lmaydi, chunki ijtimoiy muammolarning hal etilishi real mablag'lar mavjudligiga bog'liq bo'ladi. Real mablag'larsiz ijtimoiy sohani rivojlantirib bo'lmaydi. Masalan, mamlakatdagi ekologik vaziyat, uning normal holatda bo'lishi yoki yaxsilanishiga bo'lgan sa'yi-harakatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari shu jumladan, real sektor manfaatlariga aloqador hisoblanadi. Iqtisodiyotning real sektorini va uni prognozlashni o'rganishning yana bir metodologik tamoyili - bu real sektorni dinamik rivojlanishda olib o'rganishdir. Bu bilan real voqeylikning kelib chiqish sabablarl, undagi o'zgarishlar qanday kechayotganligi bilib olinadi. Shunga asoslanib, rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi va bular nimaga olib kelishi va shunga ko'ra istiqboldagi yo'nalishlar prognoz qilib boriladi. Iqtisodiyotning real sektori va uni prognozlashni o'rganishda dastlabki kuzatish usuli qo'llaniladi. Chunki real holatni qay yo'sinda ekanligi aniqlash vaziyatga to'g'ri ball berish imkoniyatini beradi. Bunda real sektoriga oid ma'lumotlar to'plab, ular xususiyatiga qarab ajratib olinadi. Ma'lumotlar tahlil etilishi natijasida ma'lum bir g'oyalar olg'a suriladi. Bu g'oyalar to'plangan ma'lumotlar asosida sinab ko'riladi. Agar ilgari surilgan g'oyalar asosli bo'lsa, ular tasdiqlansa qabul qilinadi, aks holda boshqacha yondashuvlar asosida yangi g'oyalar yaratiladi va nazariy xulosalar amallyot bilan solishtirib ko'riladi. Iqtisodiyotning real sektorini va uni prognozlashda idrok etish usuli ham qo'llaniladi. Bu usul yordamida real hodisalarga ma'lum omillarning ta'siri idrok etiladi. Idrok etish usulining asosida mantiqiylik yotadi. Mantiqiy yondashuv orqali ma'lumotlar taqqoslanadi, ularning o'zaro bog'liqligi, farqlanishi va oqibatlari aniqlab olinadi. Idrok etish va mantiqiylik asosida analiz va sintez usuli qo'llaniladi.Bu usul orqali real mablag'lar harakati bo'laklarga ajratilib tahlil qilinadi va alohida xulosalarga kelinadi. Olingan xulosalar jamlanadi va bu sintez usulini anglatadi. Natijada oraliq natijalar taqqoslanadi va umimiy xulosalar ishlab chiqiladi. Ma'lumki, real sektorga moddiy ne'matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari boylik va xizmatlarning nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvchi sohalari kiradi. Shunga ko'ra real sektor iqtisodiyoti mamlakat miqyosida, uning alohida moddiy va nomoddiy shakllarini ishlab chiqaruvchi sektorlari va jahon xo'jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan iqtisodiy tuzilmasidir. Download 69.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling