Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Real sektorning makroiqtisodiy tahlili


Download 69.73 Kb.
bet6/6
Sana03.06.2024
Hajmi69.73 Kb.
#1841604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
real sektor iqtisodiyoti

Real sektorning makroiqtisodiy tahlili
Mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanishini iqtisodiyotni hamda uning eng muhim sektorlari va sohalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muayyan doirasidan foydalangan holda baholash va tahlil qilish mumkin. Bu, birinchi galda, MHT makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari - YAIM, YAMD, MD, TYAMD, shuningdek, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar deb nomlanuvchi boshqa muhim indikatorlardir.
Bunday ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • YAIMning joriy narxlar bo‘yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

  • asosiy xarajatlar bo‘yicha YAIM tarkibi;

  • YAIMning muayyan yil narxlaridagi hajmlari va hajmlarining indekslari;

  • real YAIM miqdori va dinamikasi;

  • iqtisodiyot asosiy tarmoqlari va sektorlarining agregatga doir etakchi ko‘rsatkichlari, xususan sanoat ishlab chiqarishi yoki ishlov beruvchi sanoat mahsuloti sotuvlarining hajmlari va hajmlarining indekslari;

  • ishsizlik darajasining standart ko‘rsatkichlari;

  • foizli qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bank stavkalari;

  • muomaladagi pul massasini tavsiflovchi pul agregatlari (M1, M2, M3) va ularning dinamikasi;

  • qurilish hajmlari;

  • ichki savdo (hajmlari va narxlari, xususan chakana narxlari);

  • ish haqi va daromadlari;

  • milliy valyuta kursi;

  • tashqi savdo va to‘lov balansi (eksport va import hajmlari va dinamikasi, tashqi savdo va to‘lov balanslari saldosi)

Real sektor makroiqtisodiy ko'rsatkichlarining milliy hisoblar


tizimi (MXT)da aks etishi
Jahonning ko'pgina mamlakatlarida makroiqtisodiy prognozlash MXT nomini olgan statistik axborot asosida shakllangan milliy iqtisodiyotdagi o'zaro aloqalar sxemasiga tayanadi.
MXT balans uslubiga asoslangan va makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini, iqtisodiyotning tuzilmasini, mamlakatdagi mavjud resurslar va boshqalar ko'rsatkichlari yig'idisidan iborat milliy hisoblar majmuasidir.
MXT milliy iqtisodiyot unsur (pog'ona)lari faoliyat olib borishining mavqeyini ko'rsatuvchl balans jadvallar shaklida tuziladi.
Xo'jalik operatsiyasi bu xo'jalik yurituvchi subyekt boshqasiga moddiy boyliklar yoki moliyaviy boyliklar yoxud xizmatlarni sotishi yoki berishi boshqasi esa ularni xarid qilishi yoki qabul qilishi jarayonidir.
Iqtisodiy operatsiyalar ikki tomonlama yozuv tamoyili asosida tuzilgan schotlarda qayd etiladi, shunga asosan har bir operatsiya 2 marta - «resurslar» va «ishlatilish» bo'limlarida aks ettiriladi. Har bir schot bo'yicha saldo chiqariladi, u - resurslar va ulardan foydalanish o'rtasidagi farq. Resurslar ortib qolganda saldo <Ma'lumotlardan tahlil qilish va prognozlash maqsadida foydalanish uchun schotlar faoliyat turi va milliy iqtisodiyot sehorlari bo'yicha guruhlarga birlashadi. Shunday qilib. MXTni har bir iqtisodiy jarayonning turli tomonini va iqtisodiy jarayonning umumiy tasvirini ko'rsatuvchi o'zaro bog'liq schotlar tizimi sifatida ko'rsatish mumkin.
O'zbekistonning MXTi ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun schotlarga ega. Prognozlash ko'rsatkichlari tizimi o'z ichiga ham andozaviy asosiy ma'lumotlar ham tadqiqot maqsadlariga erishish uchun lozim bo'lgan milliy hisoblar tizimiga kirmaydigan noandozaviy ko'rsatkichlar ro'yxatini qamrab oladi.
Jahonda xalqaro valyuta fondi tomonidan tavsiya qilingan barcha mamlakatlar uchun iqtisodiyotni umumiy ko'rsatkichlar tizimi qabul qilinganiga qaramay har bir mamlakatda milliy ko'rsatkichlar tizimi mavjud. Bunda andozaviy va noandozaviy ko'rsatkichlar tizimida mamlakatlar orasida farq bar. Ko'rsatkichlar tizimi iqtisodiy shartsharoitlarga qarab o'zgarishi mumkin. Bu milliy iqtisodiy tizimda yangi muammolar kelib chiqishi, ayrimlarini esa dolzarbligi yo'qolishi bilan bog'liq.
Hozirgi kunda tahlilchilar va prognozchilarning asosiy e'tibori iqtisodiyotning real sektori va investitsion jarayonlar rivojlanishini baholash, iqtisodiyotning moliyaviy, mintaqaviy va ijtimoiy muammolarini yechishga qaratilgan.
Mavjud ko'rsatkichlar tizimi mukammal emas va ulardan prognoz tahliliy hisoblarda foydalanishda esda tutish lozim. Chunki, prognozlash va rejalashtirish jarayonlarida yo'l qo'yilgan xatolar milliy lqtisodiyotni kelajak rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Buni MXTda markaziy o'rin egallagan ko'rsatkich – YaIMni hajmini aniqlash misolida tahlil qilamiz. YaIMni qo'shilgan qiymat uslubi bilan hisoblanganda mahsulot va xizmatlar barcha ishlab chiqaruvchilarning yalpi qo'shilgan qiymatlari yig'indisi sifatida hisoblanadi, daromadlar taqsimlanishi uslubi bilan hisoblanganda esa, barcha turdagi iqtisodiy faoliyatdagi hamma xo'jalik yurituvchi subyektlaming daromadlari va amortizatsiya ajratmalari umimiy yig'indisi; yakuniy foydalanish uslubida - ne'matlar va xizmatlar, kapital qo'yilmalarning yakuniy iste'moli, moddiy aylanma mablag'larning o'sishi va tashqi iqtisodiy operatsiyalar saldosining yig'indisi sifatida hisoblanadi. Ushbu uslublami barchasi to'liq takomillashgan emas va ko'rsatgichlar mosligi ta'minlanmaydi.


Xulosa
2020−2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilindi. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag‘ishlangan konferensiyada fikr bildirgan.
O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev 18-fevral kuni Toshkentda o‘tgan mamlakatda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada 2020−2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi.
“Gazeta.uz” muxbirining xabar berishicha, vazir keyingi ikki yilda 37ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etilishini aytib, real sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‘nalishni aytib o‘tdi:

  • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish va boshqarish tizimlari (ERP);

  • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo‘yicha dasturiy mahsulotlar;

  • mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM).

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. R. Xasanov, X. Asatullayev, A. Suvonqulov, X. Xakimov. Real

  2. sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash. O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. TMI. - T.: «IqtisodMoliya», 2019, - 192 b.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoni // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017y

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.lex.uz

  6. www.gazeta.uz

Download 69.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling