Reja I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 31.41 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi31.41 Kb.
#1123308
1   2
Bog'liq
Apatit

Vanadinit (vanadiy element" nomidan) — vanadatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Pb5[(VO4)3Cl]. Geksagonal singoniyali. Prizma va piramida shaklidagi kristallar, kollomorf, dogsimon va buyraksimon, tolasimon ag-regatlar. Rangi qoʻngʻir, sariq-qoʻngʻir, qizil. Yaltirokligi olmossimon. Qattiq-ligi 3. S.ogʻ. 6,8—7,1. Qoʻrgʻoshin-vanadiy va polimetall konlari nurash zonasida hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Chatqol togʻlarida (Sijjak, Lochinxona), xorijiy mamlakatlarda Avstriya (Obir), Meksika (Simopan), Argentina (Venera), Angliya,AQSH (Oldyuma) va b. joylarda topil-gan.
Qumtosh — choʻkindi togʻ jinsi, gilli, karbonatli, kremniyli va boshqa materiallar bilan iyementlashgan qum donalaridan tashkil topgan. Qum kabi Qumtosh aksari qismini tashkil etuvchi donachalarning oʻlchamiga qarab mayda donali (0,1 dan 0,25 mm), oʻrta donali (0,25—0,5 mm), yirik donali (0,5 mm) larga, mineral tarkibi boʻyicha kvars-li, arkozli Qumtosh va grauvakkalarga boʻlinadi. Zichligi 2,2 — 2,7 g/sm3, gʻovak-liligi 0,69—6,70%, suv shimishi 0,63—6,0% ni tashkil etadi. Kremniy va karbonat moddalar yordamida se-mentlashgan Qumtoshlarning fizik-mexanik xossalari yuqori, gil yordamida birikkan Qumtosh esa sifatsiz boʻladi. Qumtoshning oʻtga chidamliligi har xil; kremniyli modda yordamida jipslashgan toza kvarsli Qumtosh eng yuqori (1700°gacha) olovbardoshlikka ega. Qurilishda Qumtoshdan devoriy va qoplama materiallar, xarsangtosh, shagʻal (yoʻl qurilishi va betonda toʻldirgich sifatida foydalaniladi. Tarkibida 95% dan ortiq kremnezyom (5YU2) boʻlgan kvarsli Qumtoshlar dinas ishlab chiqarishda, mis va nikel quyishda flyus sifatida hamda shisha tayyorlashda ishlatiladi.

Slanetslar — turli xil tarkibdagi metamorfik togʻ jinslari. Tarkibiga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan choʻziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat boʻlgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Regional metamorfizm darajasiga koʻra, S. 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz metamorflashgan togʻ jinslari — gilli S. va chuqur metamorflashgan kristalli S. Gilli S. koʻproq gilli minerallar, gidroslyudalar, baʼzan montmorillonitdan tarkib topgan boʻladi. Kristalli S. orasida tarkibidagi minerallar (slyudalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga koʻra, slyudali S.ga (biotitli, muskovitli, baʼzan paragonitli) ajratiladi; bu S.da dala shpatlari va kvarsning ortishi bilan gneyslarga, amfibolitli S.da amfibolshyalarga aylanadi. Baʼzan kristalli S. tarkibidagi nisbatan kam uchraydigan mineral nomi bilan ataladi: granitli, stavrolitli, kainitli S. va h.k. Fillitlar, xloritli S. va yashil S. gilli va kristalli S. oraligʻidagi togʻjinslaridir, yuzaroq chuqurliklarda yashilslanets fatsiya deb ataladigan sharoitda metamorfizmga uchragan, ularning tarkibida, slyudalardan tashqari, yashil rangli minerallar (xlorit, epidot va turli amfibollar) koʻp. Yashil S. choʻkindi va vulkan jinslaridan hosil boʻladi. Mukammal qavatqavatlangan gilli S. tomlarni yopishda ishlatiladi. Gneyslarga yaqin boʻlgan kristalli Sdan kurilish materiali, olovbardosh mahsulotlar i. ch.da xom ashyo sifatida foydalaniladi. Organik moddalar bilan boyigan gilli S. yonuvchi slanetslar sifatida qoʻllaniladi. Qora rangli va tarkibida vanadiy, fosfor, bor kabi mikroelementlar boʻlgan S. qishloq xoʻjaligida tabiiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonning Zirabuloq, Ziyovuddin, Nurota, Qizilqum, Sulton Uvays togʻlarida S. keng tarqalgan. S.ni oʻrganish ular bilan bogʻliq foydali kazilmalarni topishga imkon beradi.
Kvars — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi. Qatttiqligi—7, solishtirma og‘irligi—2,6—2,7 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi oq, bipafsha, yashil, pushti, kora, chiziq bermaydi. Ulanishi yo‘q. Geksagonal sin­goniyali. Uning turlari: tog‘ xrustali — rangsiz tiniq, ametist — binafsha rangli, tiniq; morion— rangi qora, tipiq emas, xira; prazem — yashil rangli; rauxtonaz — tutun rangli kvars. Kvars chig‘anoqsimon sinadi, yarim qimmatbaho toshlardir. Kvars nordon magma jinslarining va issiq suv eritmalarning sovishidan tomirlarda paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, metamor­fizm va gipergen ustki jarayonlari natijasida kelib chiqadi. Kvars minerali granit, granodiorit, kvarsli porfir, linart, andezin va boshqa magmatik jinslarniig tarkibiy qismini tashkil qiladi. Kvars texnika va ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Tog‘ xrustali optik priborlar, kimyo va fizika laboratoriyalari uchun har xil idishlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tiniq kvarslardan ishlangan pezokvars plastinkalar ra-diotexnikada muhim rol o‘ynaydi. Kvars oyna sanoa­tida oyna tayyorlashda, chinni zavodlarida, har xil xrustal idishlar yasashda, o‘tga chidamli rishtlar tay­yorlashda ishlatiladi. Kvars qumining qo‘mir kukuni bilan aralashmasini elektr pechkada eritishdan korborund olinadi. Korborund qattiq bo‘lib, parmalashda, jilolash va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Tiniq va rangli kvarslar tog‘ xrustali — ametist va tutun rangli kvars (dыmchatыy kvars) qimmatbaho hisoblanib, zargarlikda ishlatiladi.

Xulosa
Apatit magmatik va metamorfik jinslarda yordamchi mineral sifatida juda keng tarqalgan , bu erda u eng keng tarqalgan fosfat mineralidir . Biroq, hodisalar odatda faqat ingichka bo'lakda ko'rinadigan mayda donalar kabi bo'ladi . Dag'al kristalli apatit odatda pegmatitler , karbonat minerallari , skarnlar yoki marmarga boy cho'kindilardan olingan gneys bilan cheklangan .SILVIN (yun. Sylvius) — xloridlar sinfiga mansub mineral, KO. Tarkibida kaliy miqdori 52,48%. Qattikdigi 2; zichligi qariyb 2 g/sm3. Kub singoniyada kristallanadi, agregatlari donali, yirik kristalli va parallel tolali. Kristallari, odatda, rangsiz, qizil moviy, sariq shishasimon yaltiroq boʻlib, tarkibidagi qoʻshimchalarga qarab rangi oʻzgaradiVanadinit (vanadiy element" nomidan) — vanadatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Pb5[(VO4)3Cl]. Geksagonal singoniyali. Prizma va piramida shaklidagi kristallar, kollomorf, dogsimon va buyraksimon, tolasimon ag-regatlar. Rangi qoʻngʻir, sariq-qoʻngʻir, qizil.Qumtosh — choʻkindi togʻ jinsi, gilli, karbonatli, kremniyli va boshqa materiallar bilan iyementlashgan qum donalaridan tashkil topgan. Qum kabi Qumtosh aksari qismini tashkil etuvchi donachalarning oʻlchamiga qarab mayda donali (0,1 dan 0,25 mm), oʻrta donali (0,25—0,5 mm), yirik donali (0,5 mm) larga, mineral tarkibi boʻyicha kvars-li, arkozli Qumtosh va grauvakkalarga boʻlinadiSlanetslar — turli xil tarkibdagi metamorfik togʻ jinslari. Tarkibiga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan choʻziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat boʻlgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Regional metamorfizm darajasiga koʻra, S. 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz metamorflashgan togʻ jinslari — gilli S. va chuqur metamorflashgan kristalli S. Gilli S. koʻproq gilli minerallar, gidroslyudalar, baʼzan montmorillonitdan tarkib topgan boʻladi. Kristalli S. orasida tarkibidagi minerallar (slyudalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga koʻra, slyudali S.ga (biotitli, muskovitli, baʼzan paragonitli) ajratiladi; bu S.da dala shpatlari va kvarsning ortishi bilan gneyslarga, amfibolitli S.da amfibolshyalarga aylanadi Kvars — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.
2.Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.
3. Abdullayev B.N “Geologiya va minerologiya asoslari” fanidan labarotoriya-amaliy mashg’ulotlari va dala amaliyoti buyicha uslubiy kullanma. Samarqand 2001 yil.
4. Qurbonov A Geologiya. Toshkent 1992 yil.
5. tarqatma materiallar.
Download 31.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling