Reja: I. Muqaddima. II. Kirish qism


Download 72.62 Kb.
bet8/8
Sana20.12.2022
Hajmi72.62 Kb.
#1038463
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu

IV. Xulosa


Ko’plab ishonchli tarixiy ma’lumotlar, manbalar, ashyoi dalillar barcha xalqlarning etnik shakllanishi uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta’sirida sodir bo’lganligini tasdiqlaydi. O’zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo’lib, uning o’q tomirlari shu yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o’ziga makon tutib, chuqur ildiz otib, muttasil moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy urug’, qabila va elatlarga borib qadaladi.
Shu o’rinda urug’, qabila, xalq tushunchalari to’g’risida ham bir qadar to’xtalib o’tmoqlik joiz bo’ladi. Negaki, ular haqida aniq tasavvur hosil qilish, nazarimizda, etnik jarayonlar o’zgarishining mazmun-mohiyatini to’g’ri tushunishda g’oyatda muhimdir.
Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir tomirga borib taqaladigan, turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan urug’lar hosil bo’lgan.
Urug’ jamoasining o’z etakchisi - oqsoqoli bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir masalayu sa’y-harakatlarda oqsoqolning izmida bo’lgan.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo’lib, qon-qorindoshlik munosabatlari, bir necha urug’larning birikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o’ziga xos tili, hududi, qabila a’zolarining o’zaro hamkorligi, qabila nomi, o’ziga xos an’analari bo’ladi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari o’tkazilgan.

V. Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 7. -T.: O’zbekiston, 1998, 132-155 - betlar.

  2. Usmonov Q. va boshqalar O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006, 6-22-betlar.

  3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. - T.: Meros, 2002, 6-17 - betlar.

  4. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003.

  5. Usmonov Q. Va boshqalar. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006.

  6. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. -T.: Sharq, 2000, 25-64- betlar.

  7. Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. -T.: Meros, 2005, 3-mavzu.

  8. Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003.

  9. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi fanidan ma’ruzalar matni. 1 qism. - T.: Moliya, 2000, 40-58- betlar

Download 72.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling