Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi
Download 74 Kb.
|
ijtimoy normalarning umumiy va o\'ziga hos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqning asosiy belgilari
Obyektiv huquq – umummajburiy xulq-avtor qoidalarining yig`indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, subyektning irodasi hamda xohish-istagidan qat`i nazar mavjud bо`ladi.
Subyektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bо`lgan huquq. Masalan, fuqaro Jо`rayevning ma`lum narsaga, aytaylik avtomobilga nisbatan mulk huquqi. Subyektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta`minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus kо`rsatishiga imkon yaratadi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, obyektiv huquq bо`lmasa, subyektiv huquq ham bо`lmaydi. Subyektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya`ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud bо`ladi. Huquq davlat bilan chambarchas bog`langan. Davlatsiz huquq bо`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. О`z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо`lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо`ladi. Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir: 1) davlat yо`li bilan о`rnatilishi; 2) barcha uchun majburiyligi; 3) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi; 4) subyektiv huquqlar orqali harakat qilish; 5) davlat tomonidan ta`minlanganligi. Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning halol yashash, о`zgalarni xafa qilmaslik, har kimga keraklisini berish kabi qoidalari yozib qо`yilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san`ati-dir. Huquqda adolat mezoni ifodalanadi. Huquqni tushunishda uch xil yondashuvni kо`rsatish mumkin: birinchidan, hukuqni normativ tushunish. Mazkur yondashuvda huquq – huquqiy normalar yig`indisi yoki tizimi sifatida ta`riflanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu yondashuv huquqni tor ma`noda tushunish deyiladi; ikkinchidan, huquqni sotsiologik tushunish. Bu yondashuvda huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan tenglashtiriladi; uchinchidan, huquqni falsafiy tushunish. Bu yondashuvda «huquq» tushunchasi erk va adolat о`lchovlari bilan ta`riflanadi. Yuridik adabiyotlarda sо`nggi ikki yondashuv asosida huquqni keng ma`noda tushunish shakllangan. Huquqni keng ma`noda tushunish tarafdorlari bо`lgan huquqshunos olimlar huquqni ta`riflashda huquq normalaridan tashqari huquq tushunchasiga huquqiy ong, huquqiy munosabat va boshqa bir qator huquqiy hodisalarni ham qо`shadilar. Shuni alohida ta`kidlash joizki, huquqni tushunishda turlicha yondashuvlarning bо`lishi tabiiy. Sababi huquq – о`ta murakkab va serqirra ijtimoiy hodisadir. Har bir huquqshunos olim huquqning u yoki bu xususiyatiga, jihatiga alohida e`tibor berishi mumkin. Ammo huquqni tushunishdagi turli xil yondashuvlarni bir-biriga qarama-qarshi qо`yish notо`g`ri bо`ladi. Chunki, fikrimizcha, huquqqa turlicha yondashuvlar bir-birlarini tо`ldiradi, huquqning mohiyatini ochib berishiga yordam beradi, xolos. Haqiqat - doimo keskin qarama-qarshi fikrlarda emas, balki ular о`rtasidadir. Qarama-qarshi tushunchalarni yaqinlashtirish mumkin, murosa asosida esa ma`qul keladigan «huquq» tushunchasini berish mumkin. Huquq davlat bilan mustahkam bog`langan. Davlatsiz pozitiv huquq bо`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat pozitiv huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. О`z navbatida, davlat ham huquqsiz mavjud bо`lishi mumkin emas. Aks holda u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bо`ladi. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling