Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi


Huquq tushunchasi, belgilari va turlari


Download 74 Kb.
bet2/5
Sana16.11.2023
Hajmi74 Kb.
#1778962
1   2   3   4   5
Bog'liq
ijtimoy normalarning umumiy va o\'ziga hos xususiyatlari

Huquq tushunchasi, belgilari va turlari.

Huquq – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalarining tizimidir.


Har bir inson о`z hayotida huquq bilan aloqada bо`lib, huquq haqida о`z shaxsiy tasavvuriga ega bо`ladi. «Umrida tabiatshunoslik va tarix masalalariga qiziqmagan insonni topish mumkindir, - deb ta`kidlagan edi rus huquqshunosi N.M.Korkunov, - lekin hayoti davomida huquq masalasiga duch kelmay yashash hech aql bovar qilmaydigan ishdir. Qanchalik odamovi bо`lmang, qanchalik odamlardan qochmang, siz huquqiy masalalarni chetlab о`tolmaysiz. Hech bо`lmaganda bitta huquq, shaxsiy erkinlik huquqi sizni qiziqtirmasdan qolmaydi. Odamlardan qochib bо`lsa-da siz ularga: bu yer mening shaxsiy mulkim, bu yerga bostirib kirishga haqqingiz yо`q, - deb aytishingiz kerak-ku"1[5].
Qadimgi mashhur Rim huquqshunosi Ulpianning sо`zlariga qaraganda, "huquqni о`rganayotgan kishi, avvalo, "huquq" sо`zining qanday kelib chiqqanini bilishi kerak. Huquq adliya, adolat sо`zidan olingan. «Huquq bu ezgulik va adolat haqidagi fandir"2[6]. Biror bir qadimgi faylasuf, huquq haqidagi masalani chetlab о`tmagan. Falsafada ham huquq masalalari muhim о`rin egallagan. Huquqshunoslikda esa huquq muammolari markaziy о`rinni egallagan. Asriy ilmiy izlanishlar insoniyatni huquqni tо`g`ri tushunishga va uning mohiyatiga goh yaqinlashtirgan, goh uzoqlashtirgan. "Huquqshunos uchun, - degan edi nemis faylasufi I. Kant, - qonunlar talab qilgan narsa huquq bо`la oladimi, qanday umumiy mezon asosida huquqiylikni nohuquqiylikdan ajrata olishi sir bо`lib qoladi".
Nemis klassik falsafasi asoschisining bu sо`zlari hozirgi kunda ham о`z ahamiyatini yо`qotgani yо`q. Amerika huquqshunosi Fridmanning sо`zlariga qaraganda, «huquq» tushunchasi «kо`p ma`nolarga ega bо`lib, oynadek nozik, sovun kо`pigiday tutiriqsiz, vaqtdek tutqich bermas» jihatlarga ega.
«Huquq» iborasi kundalik hayotimizda kо`p qо`llaniladigan tushuncha bо`lib, «haq», «haqiqat» sо`zlaridan olingan. Bugungi kunda huquqning bir necha ta`rifi mavjud. Jumladan, Farobiyning fikricha, huquq mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkom yaratish vositasidir. Huquq-ehtiroslarni jilovlash vositasi va insonni asrash, avaylash qurolidir.
«Huquq – bu rasman tenglik prinsiplariga muvofiq bо`lgan, davlat tomonidan о`rnatilgan yoki ruxsat berilgan hamda davlat tomonidan majbur qilish imkoniyati bilan ta`minlangan normalar tizimi»3[7].
«Huquq insonning umumiy qonun bilan aniqlanadigan zoxiriy erkinligidir. Axloqiylikdan farq qilgan holda, huquq majbur kilishga asoslanadi»4[8].
«Huquq – bu davlat tomonidan о`rnatiladigan yoki ma`qullanadigan va qо`riqlanadigan, hamma uchun majburiy bо`lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyatordir»5[9].
«Huquq davlat tomonidan belgilangan yoki ruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimi»6[10].
Kelzenning yondoshuviga kо`ra, huquq faqat buyruq, norma sifatida qimmatlidir. Ushbu ma`noda (buyruq, norma sifatidagi) huquqni muqarrarlik shakli sifatida tavsiflanadi. «Kо`pincha bо`lganidek,-deb ta`kidlagan Kelzen,- huquq о`zida normani (yoki buyruqni) ifodalab qolmay, balki u shuningdek qandaydir qadriyatni tashkil etadi yoki ifodalaydi (mutlaq qadriyatga yо`l qо`yish mumkin bо`lgandagina bunday deyish ma`no kasb etadi). Chunki huquq aynan norma bо`lganligi uchun qadriyatni tashkil etadi…»7[11].
О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha, «Huquq ijtimoiy hamjixatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi»dir8[12].
Bizning fikrimizcha, huquq – jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, fuqarolarning hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi yashash qoidalari tizimidir.
Huquq – davlat tomonidan belgilangan yoki ruxsat etilgan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari-ning tizimi.
"Huquq" iborasi ikki ma`noda qо`llaniladi:

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling