Reja: Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Download 30.18 Kb.
|
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Har bir fanni shu fanning o’rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha-real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Realliklarning o’zgaruvchanligi va ko’p qirraligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashishadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo’llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ ijtimoiy ta’lim” va ijtimoiy tarbiyani kiritishadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqida ko’p bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek uning jamiyatga ko’nikishiga yordam beruvchi turli ko’nikma va malakalarni ham o’zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotiga o’z aksini topuvchi nihoyatda ko’p bilimlarni oladi. Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishi qiyin. U ularni faqat o’zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarga ijtimoiylashuviga otaonalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) katta ta’sir ko’rsatishadi. Bolalar hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o’zlashtirishlari va ularni hayotda qo’llashga intilishlari aynan ularga bog’liq. Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog’liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o’zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko’nikma va malakalarni qo’lga kiritadi. Bu bilim, ko’nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo’lganda juda zarur bo’ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Download 30.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling