Reja: Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati


Tarbiya va ijtimoiy tarbiya


Download 30.18 Kb.
bet4/5
Sana07.11.2023
Hajmi30.18 Kb.
#1753694
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.Tarbiya pedagogikaning asosiy obyekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliyahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovii uning lug’aviy ma’nosidansidan ancha kengdir.
Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyat, bilim, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim.
Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir.
Bu sharoitlar individual va guruhiy subyektlarning uchta ta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlar: (bolalar, o’smirlar, o’spirinlar)ni qamrab oladi O’smirlarning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam ko’rsatishning o’zaro munosabati jarayonida yaratiladi.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning hayotiy faoliyatini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Bularga guruh a’zolarining o’zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatga rag’batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, ko’nikish, shuningdek o’z-o’zini anglash, o’zo’zini aniqlab olish birligidir.
Ta’lim o’z ichiga quyidagilarni oladi: tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga yo’naltirish.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda yordam berish, o’zo’zini rivojlantirishga yordam berish, jamiyatdagi mavqyei, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi.
Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishga insonga ongli yordam berish, insonning o’z qadriyatlarini anglashi, o’z-o’zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiymadaniy mansubligiga bog’liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda bular farqlanadi. Farqlar ham tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning o’z faoliyatlarida amalga oshirayotgan ishlariga bog’liq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat uning subyektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko’rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi. Umuman olganda o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bog’liq. O’zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.

Download 30.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling