Reja: Ijtimoiy pedаgogikаning mаqsаd vа vаzifаlаri


Download 103.82 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi103.82 Kb.
#153408
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika predmeti


1-Mavzu: O‘zbekistonda ijtimoiy-pedagogikaning faoliyat sohalari

Reja:
1. Ijtimoiy pedаgogikаning mаqsаd vа vаzifаlаri
2. Davlat, jamoat va ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati ijtimoiy steriotiplari.
3. Ijtimoiy pedаgogikаning boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi.
Savol-javob” asosida mavzuga doir quyidagi savollarga javob qaytaring:
1.Maktabgacha ta’limni rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?
2.Maktabgacha ta’limni rivojlanishining ilmiy adabiyotlarda yoritilishi?
3.Maktabgacha ta’limni rivojlanishida Ta’lim to`g`risidagi qonunda yoritilishi?
4.Maktabgacha ta’limda hayotini tashkil etishda qonun hujjatlarining ahamiyati?
5.Maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etishning huququy kafolatlari?

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.


Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa`natdan shaxsga ta`sir etadigan goyaviy –emostional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika Ozbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham oz ok va chukur an`analarga ega. Shunga karamay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e`tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, shamkorlik an`analariga, raxm–shavqatga, milliy an`analarga befarq bulish xolatlari bilan izoxlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya soshasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakka`lashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yunalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy– pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy– pedagogik faoliyatining ilmiy–tadqiqot bazasinni ham oz ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika yakin kelajakda oqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy –axloqiy ogishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.

Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob`ekti xususiyatlarini irganmok lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obe`kti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti za predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining oziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika sozlaridan tashkil topib ularni ma`nosini ozida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya xodisalari bilan birgalikda namoyon biladi. Yangi bilimlarni osishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kozatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda tuplam nuqtai nazardan bir ob`ektni urganuvchi mustaqil fan birligini ozida namoyon qiluvchi integratsiya xodisa kozatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan alokasida tadqiqotning mustaqil ob`ektlari alohida kozatiladi: falsafa bilan birgalikda ta`lim falsafa psixologiya bilan oz aro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni Koplab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya xodisasi etarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.

Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti pedagogika urganadigan jarayon va voqelik bolib, u masalani muayyan, oziga xos aspektda kuradi. Uning oziga xosligi esa «ijtimoiy» degan sizda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob`ekti

insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika oz nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma`rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu erda yangi qadriyatlar san`ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi.

«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bogliq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqati va oz aro aloqalari turli shakllarda boladi.

Demak, pedagogika osib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta`limi togrisidagi fan bolib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a`zosini tarbiyalash va unga ta`lim berish tigrisidagi fandir.

Ijtimoiy pedagogika jarayon va xodsalarni ma`lum spetsifik aspektda organadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmogi spetsifikasi «ijtimoiy» sozida namoyon boladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning ozaro muloqat» formalari bilgan narsa-xodisalarpi ozida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh osib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta`lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta`lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta`minlaydigan aspektni tadqiq etadi. Insonni atrofdagi muhit bilan ozaro aloqasiga ta`siri asosida rivojlanishini uning ijtimonylashish jarayoni deb ta`kidlash mumkin. Zero, ijtimoiy norma -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek bu jamiyatda insonni oz qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar kadr-qimmat xulk-atvor

qoidalari jarayoni ijtimoiy xodisa deb nomlanadn. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli xodisadir. Bir tomondan shar qanday jamiyat ozining rivojlanish etapida ma`lum ijtimoiy, ma`naviy kadr- qimmat, iz ini titishi,axloqiy qonun-qoidalar, normalar ishlab chiqadi. Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi konun-qoidalarni egallab uning teng xuquqli a`zosi sifatida yashab, faoliyat kirsatishni kozda tutadi. Buning uchun jamiyat ta`lim-tarbiya normasi orqali shaxsga ta`sir kursatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli xodisalar uning shakllanishga ta`sirini kursatmay qolmaydi. Jamiyat o‘zaro munosabatda bilgan izaro sharakatlanadigan xilma-xil ijtimoiyi institutlarni izida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy normalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan ba`zilari bolani rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta`sir kursatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta`sir kursatadi.


Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.


Download 103.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling