Reja: Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar. Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash


Download 83.5 Kb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi83.5 Kb.
#1015845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1548923646 73928

Har qanday millat, - deb qayd etdilar Islom Karimov, - u naqadar kichik bo'lmasin – insoniyatning boyligidir…”. Millatlarni erkin, har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda barcha qulaylik, sharoitlar yaratilgan. Shularni ichida Milliy Madaniy Markazlarning o'rni o'zgacha.
Milliy Madaniy Markazlar - O'zbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millatlar, elatlarning madaniyat, ma'naviyat, urf-odat, an'analar sohasidagi o'zlariga xos talab va ehtiyojlarini qondirish, shu tariqa O'zbekiston miqyosida jipslashtirishga qaratilgan ijtimoiy-ixtiyoriy tashkilot. 1987 yilda ular bor-yo'g'I 12ta bo'lgan bo'lsa, 1997 yilga kelib, 90dan oshdi. Milliy Madaniy Markazlar o'zlarini tili, urf-odatlari, rasm-rusumlarini tiklash, milliy xis-tuyg'ularni jonlashtirishdan iborat. Ayni vaqtda ular O'zbekistonni o'z Vatani deb biladilar. Ularning faoliyati barcha millatlar bilan do'stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash
Ikki sistemaning barham topishi, bir-biriga qarama-qarshi kuchlarni kurashiga barham berdi. Ammo dunyoda mojarolar kamaymadi, aksincha, er kurrasining turli burchaklarida hududiy janjallar avj olayapti, “mintaqaviy mojaro”lar palak yozayapti.
BMTning ma'lumotiga qaraganda, dunyoda 30 millionga yaqin qochoq ro'yxatga olingan. Mana, faqat 1996 yilda ana shunday ko'ngilsiz voqealar tufayli 13 million kishi boshqa mamlakatlardan boshpana topgan. Bu holat hammani sergaklantirishi kerak. Millionlab odamlarning sarson-sargardonligi, uyidan, joyidan kechib, azob-uqubat tortayotganligi ko'ngilsiz voqeadir.
SSSR parchalanib ketgandan keyin bizning mamlakatimiz front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Bu holat hech shubhasiz bizning irodamiz yoki xohishimizsiz ro'y berdi. Olovli nuqtalar nafaqat o'zlarini tashvishga, balki qo'ni-qo'shnilarning ham halovatiga rahna solib, noxushliklar keltirib chiqardi. Mana, Afg'onistondagi fuqarolar urushi 20 yil davom etdi. Urush Afg'onistonning iqtisodiga salbiy ta'sir qilib, butunlay vayronaga aylangan mamlakat bo'lib qoldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarini dengizga chiqish yo'llariga g'ov bo'ldi. Mojarolar tufayli boshpanasiz qolgan qochoqlar soni ko'paydi. Narkobiznes ko'payyapti.
Bu davlatlardagi mojarolar qurol-yarog'lar kontrabandasini kuchaytirmoqda.
Mintaqaviy mojarolar O'zbekistonning xavfsizligiga tahdid solayapti. Shuning uchun davlatimizning xavfsizligini ta'minlashga katta e'tibor berilayapti, buning uchun Qurolli Kuchlarimizni jangovarligini oshirish va mustahkamlash davr talabidir. Butun dunyoda bo'lganidek har bir suveren davlat o'zining xavfsizligini ta'minlashga birinchi darajali e'tibor beradi. O'zbekiston ham bundan mustasno emas. Davlatimiz o'zining xavfsizligini ta'minlashga istiqlolning birinchi kunlaridanoq katta e'tibor berdi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatimizni Milliy xavfsizligi bo'yicha islohotlar olib borilayapti. “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va xududiy yaxlitligini, aholini tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi”. Xuddi mana shu ko'rsatmalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga asos qilib olingan. Davlatimiz Qurolli Kuchlarning mudofaa qudratini mustahkamlash uchun hamma narsaga tayyor.
Ekstremizmning lug'aviy ma'nosi bexosdan, kutilmaganda degan ma'noni anglatib, ular faqat o'zini haqligiga ishonadi, haqiqat faqat o'zi tomonda, deb anglaydi – buning uchun har qanday zo'ravonlikdan qaytmaydi. Buning paydo bo'lishiga sabab, faqat diniy qarama-qarshiliklar emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar ham sabab bo'lmoqda.

Mustamlaka iskanjasida ezilgan xalqimiz nafaqat jismoniy, moddiy jihatdan, balki ma'naviy sohada ham ta'qib ostida edi. Diniy qadriyatlar toptaldi, uning arboblari qatag'on qilindi. Mustaqillik diniy aqidalarga erkinlik berdi. Ommaning diniy e'tiqodiga ruxsat berildi. Mamlakatimizning barcha xalqlariga o'z dinlariga e'tiqod qilishga imkon yaratildi. Darhaqiqat, istiqlol odamlarning diniy e'tiqodiga keng yo'l ochdi. Ayni vaqtda jamiyatimizning ma'naviy jarayonida muhim rol o'ynay boshladi. Ular ichida islom dinining o'rni kattadir.


“Islom dini, - dedi Islom Karimov, - ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik”.79 Ha, Islom dini odamlarni insofga chaqiruvchi, ezguliklarga undovchi juda katta ma'naviy xazinadir. Ana shu hayotiy ne'mat istiqlol tufayli, mustaqilligimizning sharofati bilan, qayta tug'ildi. Ammo shu imkoniyatlarni suiste'mol qilib, noshukurlik qilayotganlar ham topilayapti. Ekstremizm va fundamentalizm shaklida mamlakatimiz mustaqilligiga xavf solmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taqdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida diniy ekstremizm va fundamentalizmning havfi haqida batafsil to'xtalgan. Kitobda ta'kidlaganidek, keyingi o'n yilliklarda dunyoda din omili faollashdi.
Mustaqillikka chiqqan mamlakatlarda birinchidan dinning mavqei tiklandi, ikkinchi tomondan mojarolar chiqishi uchun ularda imkoniyat yaratildi. Bularning hammasini hisobga olish davr talabidir. Kitobning 39-44-betlarida xuddi shu dolzarb masala echib berilgan. Estremistik kuchlarning kuchayishini

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling