Nerv sistemasi. Plastinkajabralilarning nerv sistemasi qorin-oyoqlilarning nerv sistemasiga qaraganda ancha sodda tuzilgan. Buning sababi, ushbu mollyuskalarning passiv usulda ovqatlanishi va kam harakat qilishidir. Ko’p hollarda gangliyalarning bir qismi qo’shilib ketgan bo’ladi. Plastinkajabralilarda hammasi bo’lib uch juft nerv gangliyasi qolgan. Serebral va plevral gangliyalar qo’shilib, serebroplevral gangliyalarni hosil qiladi. Bu ganliyalar qizilo’ngach bilan chig’anoqning oldingi tutashtiruvchi muskuli orasida yotadi. Oyoqda bir-biriga yaqin turgan bir juft pedal gangliya bo’ladi. Ular komissuralar orqali serebroplevral gangliyalarga qo’shiladi. Pariyetal va visseral gangliyalar ham qo’shilib, visseropariyetal gangliyalarni hosil qilgan. Bu gangliyalar tananing (chig’anoqlarning) keyingi tomonidagi tutashtiruvchi muskul ostida yotadi va uzun konnektivalar yordamida serebroplevral gangliyalar bilan birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |