Birlamchi jabralilar turkumi – Protobranchi. Ular ktenidial jabralari bo’lishi bilan xarakterlanadi. Turkumga Nacula, Ioldia kabi avlodlarning turlari kiradi.
Ipsimon jabralilar turkumi – Filibranchia. Bularning jabralari uzun iplarga aylanib ketgan. Turkumga midiyalar, dengiz taroqchalari, ustrisalar kiradi.
Haqiqiy plastinkajabralilarturkumi – Eulamellibranchia. Ushbu turkumning xarakterli belgisi jabralari ikki qavat panjaraga o’xshash tuzilgan. Asosiy vakillari dreyssinalar, chuchuk suv marvarid-dorlari, sadafdorlar, baqachanoq, kema qurti va boshqalar.
To’siqli jabralilar turkumi – Septibranchia. Ular dengizning ancha chuqur joylarida yashaydi. Jabralari reduksiyalangan. Mantiya bo’shlig’i muskulli to’siq yordamida ikkiga ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |