Reja: Ikki pallali molyuskalar sinfining qon aylanish sistematikasi 2


Download 18.25 Kb.
bet8/9
Sana02.01.2022
Hajmi18.25 Kb.
#185685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7bE11JNGoFQu9lLHAlDLShLwLVh MWuW-1

Ekologiyasi va ahamiyati. Plastinkajabralilarning aksariyati suv osti hayvonlaridir. Ular juda kam harakat bo’lib, suv osti qumligiga tanasini yarmigacha, ayrimlari butunlay qumga ko’milib hayot kechiradi. Masalan, Qora dengizda uchrovchi Solen marginatus degan turi qumda uch metrgacha chuqurlikda hayot kechiradi. Ayrimlari esa (Mytilus, Pinna avlodlari turlari) suv ostidagi substratlarga bissus ipchalari yordamida yopishib oladi. Lekin ayrim vaqtlarda bissus ipchalarini o’zib, boshqa joyga o’tishi ham mumkin. Shuningdek sinfning ustrisasimonlar deb ataluvchi avlod turlari o’zlarining chig’anog’ining bir pallasi bilan doimo bir substratga yopishib o’z umrini o’tkazadi.

Plastinkajabralilarning ayrimlari, masalan ustrisalar, midiyalar suv tubining muayyan joylariga ko’p sonda to’planib “bankalar” deb ataluvchi to’plamlar hosil qiladi. Ko’pgina guruhlari boshqa dengiz hayvonlari bilan birga marjon changalzorlardagi turli-tuman hayvonlarning asosiy qismini hosil qiladi.

Plastinkajabralilarning ko’pchilik chuchuk suv turlari (shuningdek dengizda yashovchi turlari ham) o’zlarining mantiya bo’shliqlari orqali juda ko’p miqdorda suvni o’tkazib, uni tarkibidagi organik zarrachalarni o’shlab tozalab turadi. Bu jihatdan midiyalar, ustrisalar va boshqa birqancha turlari tabiiy biofiltratorlar hisoblanadi. Masalan, 1m2 maydondagi midiyalar bir sutka davomida 280 m3 suvni o’zidan o’tkazib, tozalab beradi.

Plastinkajabralilarning o’lchami ham turli-tumandir. Tropik dengizlarda uchrovchi gigant tridakna-Tridacna gigas turining chig’anog’ini uzunli-gi 2 metr, tanasining og’irligi esa 500 kg gacha bo’ladi. Plastinkajabra-lilarning Pholas, Lithophagadegan avlodlarining turlari oyoq bezlaridan toshlarni erituvchi suyuqlik ishlab chiqaradi. Ular bu bezlar yordamida toshlarda chuqurchalar yasab, unga kirib oladi. Ayrim turlari, masalan «kema qurti» - Teredo navalis ning tanasining oldingi uchi yog’ochni teshishga moslashgan. U suv qirg’oqlarida, kemalar tubining yog’ochchil qismlarini teshib, katta zarar keltiradi.

Zararli turlaridan dreyssina - Dreissena polymorpha ham ancha keng tarqalgan. U Qora, Kaspiy, Orol va Azov dengizlarida uchraydi. U pristan va boshqa turli inshootlarda, kemalarning tagi va trubalariga, vodoprovod trubalari ichiga kirib to’planib oladi, hamda suvni ichishga yaroqsiz qilib qo’yishi mumkin.

Plastinkajabralilarning zararli turlari bilan bir qatorda foyda keltiruvchilari ham anchaginadir. Masalan, ustrisalar qadimdan beri ovqat uchun ishlatilib kelinadi. Shunga binoan birqator mamlakatlarda ustrisa o’stiriladigan xo’jaliklar tashkil etilgan. Ularning go’shti vitaminlarga boy bo’ladi. Jahonning birqator mamlakatlarida (Yaponiya, AQSh, Angliya, Fransiya) ustrisalar ko’p ovlanadi. Qora dengizda ustrisalardan Ostrea taurica degan turi ovlanadi. Go’shti istemol qilinadigan turlarga yana dengiz taroqchalari (Pectyen), midiyalar (Mytilus) kabilarni ham ko’rsatish mumkin.

Foydali plastinkajabralilarga marvariddorlar va sadafdorlarni ham kiritish mumkin. Dengiz marvariddorlari (Pinctata) Qizil dengiz, Hind va Tinch okeanida 5-15 metr chuqurlikda yashaydi. YAponiya, Xitoy va ba’zi mamlakatlarda marvariddorlarni dengizda maxsus to’r xaltaga solib ko’paytiriladi. Daryolarda ham marvariddorlarning ayrim (Margaritifera) turlari uchraydi. Masalan, Shimoliy va Uzoq sharq daryolarida marvarid-dorlarning hosil qilgan marvaridlari sezilarli kichik bo’ladi.

Sadafdorlarning (Unio avlodi) chig’anog’i cho’ziq va qalin bo’lib, sadaf qavati ancha qalin bo’ladi. Bunday chig’anoqlar tugmalar tayyorlashda ko’p ishlatiladi.



Plastinkajabralilar sinfi klassifikasiya jihatidan 4 ta turkumga ajraladi.


Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling