Reja: Ildizmevalilar ahamiyati


Download 145.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2023
Hajmi145.89 Kb.
#1078937
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ildizmevali ekinlar biologiyasi.

O’g’itlash tartibi. qand lavlagi kaliy va azot o’g’itlariga ko’proq, fosforga esa kamroq talabchan o’simlik.
90 R, 60 K va 20-40 t/ga chirigan go’ng yerni haydashdan oldin solinadi. Azotli o’g’itlar uchga bo’lib beriladi:
N20 – ekish bilan bir vaqtda, N90 – birinchi suvdan, N90 – ikkinchi suvdan oldin beriladi. O’simliklarni azot
o’g’iti bilan oziqlantirish iyul oyining boshlarida tugallanishi zarur, chunki azot bilan oziqlantirish
kechiktirilsa, poyasi tez rivojlanib, ildizmevasi tarkibidagi qand moddasi kamayib, qishda saqlanish
yomonlashadi.
Yig’ishtirish tartibi. Hosilni yig’ishtirish eng qiyin bosqichlardan hisoblanadi, chunki lavlagi
ildizmevasini yig’ishtiradigan maxsus kombaynlar bo’lmaganligi sababli, ko’pincha qo’l bilan yig’ishtirib
olinadi. Hosilni yig’ishtirishdan oldin (oktyabr oxiri – noyabr boshlarida) bargni KIR 1,5 yordamida o’rib olish,
ildizmevasini MTZ 80 yoki MTZ 60 traktorlariga o’rnatilgan maxsus lavlagi kurakchalarida yoki g’o’zapoya
kavlagichlarida kavlanadi. Yg’ishtirib olingan ildizmevalarni qolgan barglaridan tozalandi va qishda
saqalanadigan joylarga jo’natiladi. Ildizmevalarni saqlaydigan eng ko’p tarqalgan usul chuqurligi 50-70 sm,
kengligi 150-200 sm, uzunligi ildizmevalarni miqdoriga qarab tayyorlangan handaklarga ko’mib qo’yiladi.
Ildizmevalar yaxshi saqlanishi uchun handakning chetlari qiya va o’rtasi o’yilib har 4-5 m joyga havo almashib
turishi uchun shamol parraklar o’rnatiladi, so’ngra handaklar somon yoki tuproq bilan berkitiladi.
SHo’ri yuvilgan yerlarga go’ng, fosfor va kaliy o’g’itlari yerni chizellashdan oldin yoki kultivatsiyadan
oldin solinadi.
Urug’chiligi. O’zbekiston sharoitida qand lavlagidan yuqori reproduktsiyali urug’ olish uchun, oldin
lavlagi ildizmevasi shakli va rani bo’yicha baholanadi, so’ngra ekib urug’ olinadi. yem-xashak uchun olingan
urug’larni lavlagini ildizmevasini ekmasdan, urug’ni ekib, olish mumkin.
Urug’lik uchun ekiladigan lavlagi qand olinadigan lavlagiga qaraganda bir oy kech ekiladi. Tuproqni
ekishga tayyorlash, mneral o’g’itlar bilan oziqlantirish odatdagi ekish yuilan bir xil bo’ladi. O’simlikning
ko’chat qalinligi gektariga 160-180 ming tup, pog.metrda o’simliklar yagana qilingandan so’ng 10-12 ta o’simlik
qoldiriladi, shuning evaziga urug’lik ildizmevalarning vazni 250-300 g/ga teng bo’lishi kerak.
O’simliklarga ishlov berish: 2-3 marta kultivatsiya va 1-2 chopiq qilinadi, birinchi va ikkinchi sug’orishdan
oldin 75-80 kg azotli o’g’it bilan oziqlantiriladi. Sug’orish tizimi ildizmevalarni ozuqa uchun yetishtirish bilan
bir xil. Urug’lik ildizmevalar oktyabrning oxiri va noyabr sovug’i tushmasdan oldin ozuqa uchun
ildizmevalarni yig’ishtiradigan mexanizmlar bilan yig’ishtiriladi. Ildizmevalar qo’lda tozalanganda
ildizmevalilarning boshchasidagi barg bandlari 3-4 sm uzunlikda kesiladi va saqlanadigan joyga keltiriladi.
Urug’li ildizmevalar saqlanadigan handaklarning kattaligi, ozuqa uchun oldizmevalar saqlanadigan handaklar
bilan bir xil, lekin havo almashishi uchun qo’yiladigan shamollatgichlar har 2 metrga o’rnatiladi.


Read 2501 times
Tipik holatdagi urug’lik ildizmevalar ajratiladi, kasallangan, o’lchami katta ildizmevalar ajratib olib
tashlanadi. Bu vaqtda aprbator bloknoti to’ldiriladi. Urug’lik ildizmevalari kuzda saralanganligi haqida akt
to’rdiriladi.
Bahorda handak ochilgandan so’ng, saralangan ildizmevalar qayta saralanadi va «Urug’liklarni bahorda
saralash» akti to’ldiriladi va so’ngra urug’lik ildizmevalar ekiladi.
Asosiy va ekishdan oldin tuproqni ekishga tayyorlash, solinadigan fosfor va kaliy o’g’itlari miqdori
lavlagining birinchi yili yetishtirish bilan bir xil.
Urug’lik ildizmevalarni ekish fevralning oxiri va martning boshlarida oldindan tayyorlangan qator oralari
60 sm qilib qo’lda ekiladi. 1 pog.metr yerga 2-3 dona lavlagi ildizmevasi ekiladi. Ildizmevalar qurib qolmasligi
uchun 2-3 sm qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. O’sish nuqtasi qurib qolgan ildizmevalardan urug’ poyasi o’sib
chiqmaydi va urug’ hosili kamayadi.
Ekilgan urug’lik ildizmevalar o’sish davrida 1-2 marta qo’lda chopiq qilinadi va 1 marta 90 kg/ga azot
bilan oziqlantiridib, o’simliklar gulpoya chiqara boshlashi, gullashi, urug’ tuganaklari rivojlana boshlaganda
sug’oriladi. Bu vaqtda «Urug’lar gullash oldidan» aprbatsiya qilinib, akt to’ldiriladi. Urug’ hosilining umumiy
urug’ tuganaklaridagi urug’lar 70% qo’ng’ir rangga kirganda ertalab qo’lda o’riladi. O’rilgan urug’liklar
xirmonga yoki asfaltlangan joyga keltiriladi va 20-30 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Urug’liklar poyasi tezroq
qurishi uchun har kuni ag’darib turiladi. Urug’lik poyasi don kombaynlarida maydalaniladi va «Petkus-gigant»
qo’rilmasida ko’p pishli urug’ uchun 3,5 mm yoki bir pishli urug’ uchuye 2-3 mm fraktsiyalarga ajratilib
tozalanadi. Urug’lardagi yopishib qolgan tayoqchalarni va chiqitlari ajratish uchun lavlagi urug’i OSG-0,5
rusumli tozalagichdan chiqariladi. O’zbekistonda qand lavlagi urug’ini ildizmeva ekmasdan olish usuli ishlab
chiqilgan.
Qand lavlagining urug’ini ekib urug’lik olish mumkin. Buning uchun ertagi ekinlar (sabzavotlar,
kartoshka, silos uchun makkajo’xori) dan bo’shagan maydonlar sug’orilib, 90R 60K o’g’itlari solib, 25-28 sm
chuqurlikda hadayladi. So’ngra maydon chizellanadi, mola bostirilib avgustning oxirida yoki sentyabrning
boshlarida qand lavlagi urug’i qator oralari 60 yoki 70 sm qilib seyalkalarda ekiladi. Ekish miqdori 8-10 kg/ga,
bunda urug’lik tuganaklari har biri 3-5 sm da ekilgan bo’lishi kerak. Urug’ yaxshi unib chiqishi uchun
sug’oriladi, nihollar ko’karib chiqqandan so’ng kultivatsiya qilinib, sovuq tushguniga kadar 1-2 marta
sug’oriladi. O’simliklar qator oralari kultivatsiya qilinganda usti 4-5 sm qalinlikda tuproq bilan ko’miladi.
O’simliklarda birinchi yili azotli o’g’itlar berilmaydi, chunki azotli o’g’it ularning qishda saqlanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi.
Bahorda o’simliklardag urug’poyalar o’sib chiqadi. Bu vaqtda (aprelda) traktorda kultivatsiya, chopiq
qilinib, o’simliklar shoxlay boshlaganda (90-100) azotli o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Urug’liklar 3 marta
(gulpoyalar chiqara boshlaganda, gullash, urug’ tuganaklari hosil bo’lish davrlarida) sug’oriladi. Bu usulda
urug’ olishda ildizmevalarni kavlash, qishda handaklarda saqlash, bahorda ekish, yerga qadash ishlari
bajarilmaydi va odatdagi usulga nisbatan urug’liklar 10-12 kun oldin pishadi. Urug’ hosili gektariga 15-20 ts/ga
ni tashkil etadi.
Ko’p urug’oik navlari uchun GOST 2890-82, urug’larning unishi birinchi klass urug’lari uchun 85%
ikkinchi klass urug’lari uchun 75% bir urug’lik nav va duragaylar uchun 80-75% ga teng.
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi)
More in this category: « Dala ekinlarini qo’shib ekishning biologik va xo’jalik asoslari.
(/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13772-dala-ekinlarini-qo-shib-ekishning-biologik-va-xo-
jalik-asoslari)
Nikotinli ekinlar biologiyasi. » (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13774-
nikotinli-ekinlar-biologiyasi)


back to top (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13773-ildizmevali-ekinlar-
biologiyasi#startOfPageId13773)
Powered by ATM (http://buxdu.uz)

 (http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=42296)
 (http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=30140)
 (//www.liveinternet.ru/click) (https://top.mail.ru/jump?from=3101603)
ИКС 810 (https://a.pr-cy.ru/elib.buxdu.uz)
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Download 145.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling