Reja: Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam»


-7 yoshli tajriba guruh bolalarning jismoniy tayyorgarligi boʻyicha koʻrsatgan dastlabki va yakuniy natijalari (n=Oʻ-40, Q-40)


Download 0.55 Mb.
bet10/12
Sana28.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1236971
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

5-7 yoshli tajriba guruh bolalarning jismoniy tayyorgarligi boʻyicha koʻrsatgan dastlabki va yakuniy natijalari (n=Oʻ-40, Q-40)




Mashqlar






5-7 yosh







Dastlabki х ±σ

Yakuniy х ±σ

t

P

1

30 metr (soniya)

Oʻ Q

10,0±0,55
10,5±0,34

8,2±0,45
8,1±0,32

2,53
5,15

< 0,05
<
0,001

2

4x10 m (soniya)

Oʻ Q

17,2±1,05
17,7±0,68

13,9±0,77
14,7±0,33

4,27
3,97

< 0,05
< 0,05

3

Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)

Oʻ Q

79,0±5,10
75,0±7,0

97,0±1,95
94,0±5,72

3,33
2,11

< 0,05
< 0,05

4

Erda oʻtirib oldinga toʻldirilgan toʻpni uloqtirish (sm)

Oʻ Q

59,0±5,5
55,0±8,2

98,0±4,8
95,0±8,27

5,30
3,43

< 0,05
< 0,05

5

Oyoqlarni 30sm oraligʻida ochib, erda oʻtirib oldinga engashish (sm)


Q

3,9±1,92
4,9±1,29

8,9±1,41
8,8±1,34

2,17
2,16

< 0,05
< 0,05

Tajriba va nazorat guruh bolalarining koʻrsatkichlarini taqqoslash tahlili shuni koʻrsatadiki, oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari pedagogik tajribadan soʻng statistik farqli ravishda (2-jadval) (t=2,12,2,31; P<0,05) oʻsdi. Bu esa tajriba guruhidagi oʻgʻil bolalarning natijasi nazorat guruhiga qaraganda 1,1 soniyaga yaxshilanganligini koʻrsatdi va 11,8 %ni tashkil qildi, qiz bolalarda esa 1,2 soniyaga hamda yil davomida 12,9 %ga yaxshilanganligi aniqlandi.
6 yoshli tajriba guruhi oʻgʻil bolalarining koʻrsatgan natijalari 2,1 soniyaga yaxshilangan boʻlsa, bu 29,1 %ni tashkil etdi. Qiz bolalarning koʻrsatkichlari ham 2,1 soniyaga oʻsdi, ya’ni yil boshida olingan natijalarga qaraganda 21,4 %ga ustunligi koʻrindi (2-jadvalga qarang).

Izoh: 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bolalarning jismoniy tayyorgarlik natijalari gistogrammasi. 4x10 m. mokisimon yugurish (soniya).

XULOSA


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy – uslubiy adabiyotlar tahlili davomida ma’lum boʻldiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha yetarlicha ma’lumotlar juda kam.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashgʻulotlarni tashkil etish masalalari ishlab chiqilmagan, pedagogik jarayon yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tasdiqlangan ma’lumotlar yetarli emas.
Tajribadan shu narsa aniqlandiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalari dastur talablariga muvofiq emas. Tezkorlik sifati 18,2-51,8%; 24,3-27,2%; 29,0-26,7% ga, koordinatsion qobiliyatlar 40,3-38,7%; 32,8-29,7%; 17,3-17,9% ga, tezkor-kuch sifati (joyidan turib uzunlikka sakrash) 28,961,7% ga, 6-18,1%, 15,0-13,5% ga kam.
Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari oʻrtasida koorelyatstsion bogʻliqlik (oʻrta va yuqori) darajasi borligi aniqlandi. (r=0,35 dan r=0,95 gacha). Shu bilan birga 5 yoshdagi oʻgʻil bolalar va 7 yoshdagi qiz bolalarda harakat tezligi hamda chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlari koʻrsatkichlari oʻrtasida nisbatan past darajada oʻzaro bogʻliqlik kuzatilganligini belgilab oʻtish joiz.
5-7 yoshdagi oʻgʻil va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari mezonlari shartli ravishda Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-sonli ―Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari‖ me’yoriy xujjatda belgilab qoʻyilgan.
―Salomatlik pasporti‖ ishlab chiqilgan. U bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan vaqtdan boshlab to bitirgunga qadar olib boriladi. Shu orqali maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligini yakka tartibda baholash imkoni yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tarbiya jarayoniga milliy oʻyinlar (10-30%) va musobaqa tarzidagi oʻyin uslublarini kiritish bolalarda mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishini uygʻotishga, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishga hamda dastur materiallarini yanada mustahkam egallashga yordam berdi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling