Reja: Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam»
Download 0.55 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻgʻil bolalar
- Qiz bolalar
- 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini oʻzaro korrelyatsion bogʻliqlik tahlili.
Tezkor-kuch sifati koʻrsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash nazorat mashqi) quyidagicha oʻzgargan: 5-6 yoshli oʻgʻil bolalarda 16,7 sm, qiz bolalarda esa 26,6 sm ga oʻsgan boʻlsa, 6-7 yoshli oʻgʻil bolalar oʻrtasida 12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va oʻgʻil bolalar oʻrtasida koʻrsatilgan natijalar past boʻlishiga qaramasdan, qiz bolalar natijalari oʻgʻil bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning notoʻgʻri tanlanganligi va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e’tibor berilmaganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashgʻulot oldidan aniq vazifalar qoʻyilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat boʻlib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli oʻyinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, tayyorgarligiga, jinsiga mos boʻlishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan boʻlishi shart. Shundagina bolalarda harakat koʻnikmasi hosil boʻlishi va malakaga aylanishiga erishish mumkin. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati zamonaviy usul va shakllarni qoʻllagan holda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan toʻgʻri qoʻyilganligiga bogʻliqdir. 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlarini oʻzaro korrelyatsion bogʻliqlik tahlili. 30 m ga yugurish (soniya) Moksimon yugurish 4x10 m. (soniya) Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm) Toʻldirma toʻpni otish (sm) Oldinga egilish (sm) Gavdani bukish va yozish (son) Qumli xaltachani irgʻitish (m) Oʻng va chap Tadqiqotda olingan ma’lumotlarga koʻra, katta guruh bolalarining tezkorlik mashqlarini bajarishga boʻlgan imkoniyatlari yildan-yilga (10,0 soniyadan 6,9 soniyagacha) oshib bordi. Oʻgʻil bolalarda tezkorlik sifatlari, ya’ni 30m. ga yugurishda koʻrsatilgan natijalar 5-6 yoshlilarda 0,5 soniyaga teng boʻlsa, 6-7 yoshlilar oʻrtasidagi farq 0,9 soniyaga oʻsgan. Qiz bolalarda esa 0,7; 1,9 soniyaga teng. Bu koʻrsatkichlar bogʻcha yoshdagi bolalar orasida tezkorlik mashqlarini bajarishda oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari bir-biridan unchalik katta farq qilmasligini kuzatildi. Professor A. N. Livitskiy bergan ma’lumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli bolalarda 30 metrga yugurishning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻgʻil bolalarda 5-6 yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda 5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan ma’lumotlarimizda esa, 10,010,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba oʻtkazishga tayyorlangan 5-7 yoshli bolalarning tezkorlik sifati natijalari nisbatan pastligini koʻrishimiz mumkin (2-jadvalga qarang). Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling