Reja: Individual psixologik konsultatsi. Individual-psixologik omillar. Psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunhalari va predmeti. Individual-psixologik omillar
Download 45.06 Kb.
|
2 Individual psixologik konsultatsiyaning asosiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kognitiv indikatorlar.
- 4 -reja bayoni
Kommunikativ indikatorlar.
Suitsidal o’ylar haqida to’g’ridan-to’g’ri yoki yashirin ma’lumotlar ("O’limni hohlayman", "Yaqinda bularning hammasi tugaydi"); O’lim istagi haqida hazillar; Boshqalarga qaramlik; Xayrlashuv; Suitsidning aniq rejasi haqida ma’lum qilish; Sekin, kam ma’noli nutq. Kognitiv indikatorlar. O’z shaxsiga, atrofga va kelajakka nisbatan salbiy baho; O’z shaxsini hech narsaga arzimas, yashash uchun xaqqi yo’qdek tasavvur etish; Olamni yo’qotishlar va ko’ngilsizliklar joyi sifatidagi tasavvurlar; Kelajakni ishonchsiz, yuksalishlarsiz tasavvur etish; Muammo echimini echishda suitsiddan boshqa yo’llarni ko’rmaslik. Emotsional indikatorlar. Hayotga nisbatan ambivalentlik; O’z taqdiriga befarqlik, tushkunlik; Qayg’uni boshdan o’tkazish; Depressiya belgilari; O’ziga nisbatan nafrat, dushmanlik; Ayb yoki omadsizlikni his qilish; Me’yordan ortiq qo’rquvlar yoki xavotirlar; O’zining keraksizligi, yaroqsizligi, ahamiyatsizligi hissi. 4-reja bayoni Suitsidal niyatli odamlar yordamdan qochmaydilar, balki aksi, maslahatga va yordamga intiladilar. Suitsidni sodir etganlardan deyarli 70% oldin shifokorlar bilan maslahatlashadilar, 40% qilmishni sodir etishning oxirgi haftasida; 30% u yoki bu ko’rinishda o’zlarining niyatlari haqida atrofdagilarni ogohlantiradilar. Chunki ular yashash yoki o’lim hoxishi o’rtasida ikkilanadilar. Mutaxassisga murojaat qilish esa ambivalentligi va boshqa bir yo’lni topish umidi borligi haqida gapiradi. Ko’p hollarda "hayot yoki o’lim"ning imkoniyatlari shu qadar tengki, agar suitsidning yaqinlari shunday vaqtda g’amxo’rlik, mexr va iliqlikni namoyish etsalar, u holda hayot g’alaba qiladi. Suitsidga moyillik shaxs tipologiyasiga qarab ajratiladi. Tadqiqotlarda ma’lum bo’lishicha suitsidentlarning 36% isteroidlar, 33% infantil emotsional mobil shaxslar, 13% asteniklardir. Suitsidal mijoz konsultantga murojaat qilganda uning birinchi vazifasi "vaqtni cho’zish" va xavfli davrni tugashini kutishdir. Agar suitsident terapevtik jarayonga to’liq jalb etilsa, konsultant uni qaerga boshlayotgani haqida hohish paydo bo’ladi va u suitsidal niyatlarini bajarishni orqaga surib turishi mumkin. Shuning uchun suitsidentda terapiyaga qiziqishni uyg’otish va uni qo’llab- quvvatlab turish kerak. Bunda terapiyani uzluksizligini ta’minlash kerak. Mijoz terapiyaning ikkinchi sessiyasiga kelishini ta’minlash uchun suitsidentda qandaydir savol uyg’otish va unga javobni quyidagi tarzda uzatish lozim: "Siz juda qiziq mavzuga e’tibor qaratdingiz. Bunga menda qandaydir tasavvur mavjud, lekin bu haqida men keyingi sessiyada sizga gapirib beraman. Siz ham bu haqida nima o’ylashingizni qisqacha yozishingiz mumkin". Terapevt oldida birinchi navbatda empatik aloqa o’rnatish maqsadi turadi. Ya’ni uni tinglayotganda baholamaslik va ichidagini aytib olguncha uni qo’llab turish; shuning uchun terapevt zarur bo’lgan barcha savollarni bermaydi, olingan informatsiya to’liq emas. Suitsident qay darajada konsultant bilan hamkorlik qilishini, boshqacha aytganda inqirozda "o’z hayoti uchun kurashini" aniqlash kerak. Agar konsultant depressiv suitsident bilan ish olib borayotganini aniqlasa, unda mijozga psixiatr yordamini taklif qilish kerak. Bu unga rad qilish emas, balki konsultant qo’lidan kelgan barcha yordamni berishga, Suitsident yashab qolishi uchun hamma imkoniyatlami qilayotganini bildiradi.Suitsident bilan birgalikda aniq harakat rejalarini ishlab chiqish lozim va bu birinchi vazifaladandir. Ayniqsa inson yaqin soatlar va kun davomida nimalar bilan mashg’ul bo’lishini, kim bilan qaerda vaqtini o’tkazishini gaplashib olish muhim. Terapiyaning keyingi metod va yo’nalishi mijozning suitsidal xulqi asosida qanday motivlar yotganiga bog’liq. Depressiv suitsidentlar ko’pincha o’zlarining suitsidal hoxishlarini ikki xil motivlarda asoslaydilar. Birinchisi o’z joniga qasd qilish orqali qiynalishlarga yakun yasamoqchi bo’lsalar, boshqalari bu qadamni atrofdagilardan o’z istaklariga erishish umidida tashlaganlarini aytadilar. Kimdir shu yo’l bilan o’z sevgisini, yaqin insonini qaytarmoqchi bo’lsa, kimdir yaqinlariga ularning yordamiga muhtojligini bildiradi, boshqalar esa chidab bo’lmas sharoitdan chiqib ketish uchun shifoxonaga tushushni hohlaydilar. Lekin ko’pincha ikkita motiv bir vaqtda kuzatiladi: hayotdan qochish va manipulyativ intilishlar motivi. Download 45.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling