Reja: Innoatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar


Download 37.48 Kb.
bet1/4
Sana18.10.2023
Hajmi37.48 Kb.
#1708224
  1   2   3   4
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan-fayllar.org


MAVZU:


Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish


 

Reja: 

1. Innoatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar. 


2. Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi. 


3. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari – MDH tajribasi. 


4. Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning



rivojlanishi tahlili. 




1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar. 

Faol innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim ustuvor yo‘nalishlaridan 

biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat bugungi kunda va yaqin kelajakda respublika 

iqtisodiyoti rivojlanishining muhim shartlaridan biri, ishlab chiqarish va tarmoqlarni 

modernizatsiyalashning real mexanizmlari bo‘lib hisoblanadi. 

Innovatsion siyosat uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan va mamlakat 

qudrati va salohiyatining o‘sishida muhim omil, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi 

va mustahkam rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu esa strategik muhim 

ilmiy-texnika va istiqbolli innovatsion loyihalarni etakchi ishlab chiqarish 

tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mahalliy 

innovatsion texnologiyalarni faollashtirishni ko‘zda tutadi. 

Bizning fikrimizcha, mustahkam innovatsion jarayon uchun ilg‘or rivojlangan 

mamlakatlarning innovatsion faoliyatini yaxshi bilish va innovatsion 

texnologiyalarni tatbiq qilish zarur. Innovatsion faoliyat davlat boshqaruvi orqali tartibga


solinadi (muayyan qonunchilik va soliqqa tortish orqali, davlat va ma’muriy usullar, yirik


davlat dasturlari, mudofaa qudratini mustahkamlash, axborot kommunikatsiya 

texnologiyalarni, biotexnologiyalarni, noan’anaviy energetika va boshqalarni 

rivojlantirish). Undan tashqari, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan 

mamlakatlarda innovatsion faoliyat mustaqil yirik koorporatsiyalar, universitetlar, 

venchur jamg‘armalar va boshqalar bilan muvofiqlashtiriladi. 

Xorijiy mamlakatlarda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ilg‘or 

tajribalarini ikki guruhga ajratish mumkin: 

iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk 

Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy) tajribasi

bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlangan mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, 

Bellarussiya, Moldoviya, Ozarbayjon, Armeniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) 

tajribasi. 



Download 37.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling