Reja: Innoatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalar


 Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahlili


Download 37.48 Kb.
bet4/4
Sana18.10.2023
Hajmi37.48 Kb.
#1708224
1   2   3   4
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan-fayllar.org

4. Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahlili. 



Innovatsion klaster texnologiyalarini qo‘llash butun dunyo bo‘ylab anchagina 

keng rivojlandi. Aksariyat Evropa davlatlari o‘zlari uchun eng maqbul bo‘lgan 

klasterlar asosida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishdi. Bunda 

rivojlangan mamlakatlar hukumatlari o‘z kuch harakatlarini mavjud klasterlarni 

qo‘llab-quvvatlash va yangi tarmoqli tuzilmalarni yaratishga qaratmoqdalar. Davlat 

nafaqat innovatsion klasterlarni yaratish tashabbuskori, balki tashkil etiladigan 

klasterlarning faol ishtirokchisi ham hisoblanadi. Misol sifatida Germaniya 

tajribasini olish mumkin. Germaniyada 1995-yildan beri Bio Regio nomli 

biotexnologik klasterlar tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur klasterlashtirish 

yo‘nalishi Buyuk Britaniyada ham faol tarzda rivojlanmoqda. Edinburg, Oksford va 

Janubiy-SHarqiy Angliya hududlarida biotexnologik firmalarning faoliyatini 

yo‘lgan qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Jahon tajribasida klasterlar 

asosida iqtisodiyotni rivojlantirishning bir nechta markazlari mavjud bo‘lib, ular 

innovatsion klasterlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagilar: 

Amerika, G‘arbiy Evropa, Osiyo va Lotin Amerikasi modellari. YUqorida tilga 

olingan modellarning solishtirma xarakteristikasi berilgan . 

Xalqaro iqtisodiyotdagi klaster modellarini solishtirma xarakteristikasi 

Qiyoslash mezonlari Amerika modeli G‘arbiy Evropa modeli 

Osiyo modeli Lotin Amerikasi modeli Rossiya model Klaster tashkil 

etish maqsadi Axborot tarqatish, marketing ishlarini yuritish, logistika 

masalalar Innovatsion rivojlanishni avj oldirish maqsadida tarmoqli 

tuzilmalar Subshartnoma asosida ishlab chiqarishni optimallashtirish 

innovatsion rivojlanish barqarorligi Tor ixtisoslik yo‘nalishlarda innovatsion 

jarayonlarni kuchaytirish Tarmoqli tuzilmalarni rivojlantirish 

Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahliliga ko‘ra, 

mazkur tuzilmalarning asoslari sifatida texnoparklar,texnologiyalar, yuqori 

texnologiya hududlarini e’tirof etish mumkin. Ma’lumki, innovatsion 

jarayon texnologiyalar transferi asosida yotadi.Texnologiyalar transferi o‘zining chiziqli 


ko‘rinishda rivojlanishiga muvofiq qo‘yidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

fundamental ilmiytadqiqotlar; 

amaliy tadqiqotlar; 

innovatsion ishlanmalar; 

yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish; 

marketing va texnologiyalar tijorati (tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarish). 

Texnologiyalar transferining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga 

oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni amalga oshirish zarur: 

olimlar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar va yangiliklar zarur

g‘oyadan to ilmiy hajmdor mahsulotga aylanish mumkin bo‘lgan real 

patentlangan ilmiy natijaga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish lozim. Buning uchun etarli 

moddiy-texnik, tajriba-eksperimental va moliyaviy ta’minot kerak bo‘ladi. Bu erda 

ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan investitsiya berilishi muhimdir; 

ilmiy ishlanma ishlab chiqarish tarmog‘ining amalda qiziqishini uyg‘otishi va 

uni texnologik jarayonlarga joriy etilishi lozim; 

sanoat sinovi uchun ishlab chiqarish tarmog‘ida tegishli infratuzilma va 

sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur; 


innovatsion mahsulot ichki va xalqaro bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega 

bo‘lishi lozim, ya’ni import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan bo‘lishi 

zarur. 


Xususiy vaaksioner kapital, venchur kapital ishtirokida, innovatsion jarayonni 

tashkil qilish, uni barcha bosqichlarida innovatsiyalarni amalga oshirish va taqdim 

etilgan maqsadli investitsiyalar mavjud sanoatga innovatsiyalarni targ‘ib qilish 

lozim. 


Davlat yoki boshqa korxonalar topshirig‘iga asosan innovatsion jarayon 

oxirgi bosqichni tashkil qilish va boshqarish orqali menedjerlar guruhini ishga solish 

va zaruriy infratuzilmaniyaratish orqali amalga oshiriladi. 

Shuni qayd qilish kerakki, ko‘pgina mahalliy ilmiy ishlanmalar butun 

sharoitda amalda bo‘lgan texnologiyalar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 

guruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilarga tayyor va yaxshi reklama 

qilingan yangi texnologiya yoki mahsulotlarni sotib olish, ularning ishlab 

chiqarishdan ko‘ra osonroq hisoblanadi. Respublika ishlab chiqaruvchilari hali ham 

yangi mahalliy ishlanmalarga mablag‘larni ishonchsiz qo‘ymoqda. 

Davlat amaliy ilmiy-texnik dasturlari darajasida ilmiy loyihalarni 

moliyalashtirishda bu ishlarga qiziqqanlarni sanoat tomonidan ishtirok etishini 

ta’minlash va ayniqsa tarmoqlar,respublikaning etakchi sanoat ob’ektlari va ularning 

moliyaviy ishtiroki bilan yaratiladigan venchur fondlari loyihalar amaliy 

ishlanmalarning birinchi monitoringgini olib borish hamda innovatsiya bosqichiga 

o‘tkazishi zarur. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishda innovatsion loyihalarni 

venchur fondlari orqali moliyalashtirishi kerak. 

Nazorat va muhokama uchun savollar 

1. Zamonaviy innovatsion marketing strategik ko‘rinishlarini sharhlab bering? 

2. Yuqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing xususiyatlari qanday 

tavsiflanadi? 

3. Yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishda maqsadli bozorning tahlili.? 

4. Innovatsion marketing strategiyasida texnologiyalar transferasi qanday tashkil 



etiladi? 


http://fayllar.org
Download 37.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling