Reja: Innovatsiyalarning
Download 1.17 Mb.
|
маруза24,09,2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion marketing bu
2.1-jadvalYangi mahsulotning muvaffaqiyat omillari
Jadval ma’lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi. Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir. Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi. Asl yangilik tovarlar bu – dunyo uchun yangi bo’lgan, o’xshash bo’lmagan va iste’mol muammosini sifat jihatidan yangicha hal etishni yoki ilgari uning uchun hech qanday tovar bo’lmagan ehtiyojni qondirish uchun taklif etiladigan tovarlar Yangi tovarlar bu – mavjud analoglarga nisbatan sifat jihatidan sezilarli takomillashuvga ega bo’lgan tovarlar Bozor uchun yangilik tovarlar bu – ushbu bozor uchun yangilik hisoblangan tovarlar Korxonaning ishlab chiqarish dasturi uchun yangi bo’lgan tovarlar bu – ushbu firma tomonidan ishlab chiqarilmaydigan, lekin boshqa sotuvchilar tomonidan taklif etiladigan tovarlar Yangilik-modifikasiyalar bu – ishlab chiqaruvchi tomonidan mavjud mahsulot negizidatakomillashtirilgan mahsulotlar Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling