Reja: Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Tekshirishning asosiy bosqichlari Sinash usullari va vositalari Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari
Download 71.63 Kb.
|
Bino inshoatlarining yonish va portlash hafi boyicha toifalanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Bino va inshootlarni tekshirish va sinashning maqsadi va vazifasi
- Qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarni tekshirish
- Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi
- Sinovning asosiy maqsadi
Bino inshoatlarining yonish va portlash hafi boyicha toifalanishi Reja: Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Tekshirishning asosiy bosqichlari Sinash usullari va vositalari Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Bino va inshootlarni tekshirish va sinashning maqsadi va vazifasi - harakatdagi obyektlarning holati va xususiyatini tavsiflovchi, sifat kо‘rsatkichlarini baholash uchun belgilangan usul va uskunalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularda kechayotgan jarayonlarni о‘rganish, tuzilma materiallarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tajriba orqali aniqlash va ularni texnik sharoitlarga mosligini tekshirishdan iborat. Qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarni tekshirish tarkibiga tuzilmalarni tayyorlash va montajidagi sifat nazorati usullari, loyiha hujjatlariga qanchalik mosligi va tizimning haqiqiy ishini о‘rganish kiradi. Masalan, temirbeton mahsulotlari ishlab chiqarish zavodida tayyorlanayotgan orayopma plitalari standartlarga asoslangan holda ishchi chizmalar asosida tayyorlanishi va belgilangan texnik talablarga javob berishi lozim. Uzunligi, eni, qalinligi, notekisligi, diagonallar uzunligi farqi, qoplama detallarining joylashishi, himoya qatlam qalinligi bо‘yicha maolum kattalikdagi chetlashishlarga ruxsat etiladi. Beton qorishmasini tayyorlash uchun qо‘llaniladigan materiallar shu materiallarga nisbatan qо‘llaniladigan GOST talablariga javob berishi va mustahkamlik loyihadagi beton sinfiga mos bо‘lishi lozim. Ishchi armatura uchun belgilangan beton himoya qatlami ishchi chizmalarda kо‘rsatilgan qiymatlarga mos kelishi lozim. Qurilish tuzilmalarini tekshirish natijasida tavsifli kamchiliklar topiladi va xulosalar asosida u yoki bu tuzilma hisobiy sxemasiga yoki hisobiga о‘zgartirishlar kiritiladi. Bino va inshootlarni tekshirish usullarining ahamiyati va samaradorligi zilzila oqibatlarini о‘rganish asosida qо‘llanilgan antiseysmik chora-tadbirlarda yaqqol kо‘rinadi. 1976 yilda Gazli shahrida bо‘lib о‘tgan zilzila natijalarini о‘rganib chiqib, keyingi qurilgan bino va inshootlarda tegishli antiseysmik chora va tadbirlar qо‘llangani uchun 1984 yili qayta takrorlangan zilzilada bino va inshootlar qisman zarar kо‘rdi xolos. 1985 yilda Meksikada bо‘lgan zilzilada 500dan ortiq binolar, shu jumladan 40 ta osmonо‘par, baland binolar buzildi, biroq bir qator binolar zilzila ta’sirini kamaytiruvchi chora - tadbirlar kо‘rilgani uchun zilzilada aytarli ziyon kо‘rmadi. 1985 yili Qayroqqumda bо‘lib о‘tgan zilzila natijasida Qayroqqum gilam zavodining 50-yillarda antiseysmik chora-tadbirlarsiz qurilgan binosi buzildi. Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi tuzilma hisobiy sxemasi real holatiga qanchalik mosligini о‘rnatishdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanganlik deformatsiyalangan holatida ishlovchi mexanik tizimlardan iborat. Shuning uchun qurilish mexanikasining rivojlanishiga qaramasdan, muayyan obyektning hisobiy sxemalarini modellashtirishga, soddalashtirishga tо‘g‘ri keladi. N. S. Streletsskiy tomonidan bir jinsli hisoblangan ST3 markali pо‘latning oquvchanlik chegarasi sinab kо‘rilganda, 200 MPa dan 320 MPa gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarishi aniqlandi. Beton va yog‘och mustahkamligida esa bu farq yanada katta bо‘ladi. Yuqoridagilarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, sinash har qanday materialning haqiqiy mustahkamligini baholashda, nazariy hisoblarni haqiqiy ish holatiga yaqinlashtirishda, hisob algoritmini takomillashtirishda tuzilmalarni muhim о‘rin tutadi. Sinovning asosiy maqsadi - tuzilmalarning yuklama ostidagi holatini о‘rganishdir. Fan va texnika rivojlanib borayotgan bir paytda texnologik jarayonlar takomillashib boradi. Buning natijasida eskirgan texnologik tizimlar, uskunalarni yangisiga almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlar yuklamalarning ortishi va inshoot hisobiy sxemalarining о‘zgarishiga sabab bо‘lib, tuzilmalarning haqiqiy ishchi holatini о‘rganish zaruratini vujudga keltiradi. Muhandis-quruvchilar qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarning ekspluatatsiyaga yaroqliligi, ta’mirtalabliligi yoki kuchaytirish lozimligi tо‘g‘risidagi masalani hal qilishda inshootlarni tekshirish, sinash uslublariga murojaat qiladilar. Shuningdek, zilzila, kо‘chkilar, shamol kabi tabiiy ofatlar, urush harakatlari natijasida inshootlarni tiklash jarayoni bevosita tekshirishdan boshlanadi. Download 71.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling