Reja: Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Tekshirishning asosiy bosqichlari Sinash usullari va vositalari Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari


Download 71.63 Kb.
bet3/7
Sana13.02.2023
Hajmi71.63 Kb.
#1195605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bino inshoatlarining yonish va portlash hafi boyicha toifalanishi

Sinash usullari va vositalari
Yuklamani qо‘yish usuli sinov oldiga qо‘yilgan maqsadga muvofiq tanlanadi. Sinov о‘tkazishdan asosiy maqsad bino, inshoot va tuzilmalarning yuk kо‘tarish qobiliyati, bikrligi va yoriqbardoshliligini aniqlashdan iboratdir. Sinov real tuzilmalarda, maket yoki modellarda ham о‘tkazilishi mumkin.
Real oboyektlarni sinashda ekspluatatsiya qilinayotgan konstruksiyalarning haqiqiy ishchi holatini aniqlash vazifasi belgilanishi mumkin. Bunda buzmasdan sinash usullari keng qо‘llaniladi. Tajriba uchun tanlangan tuzilmalarni buzmasdan sinash usullari bilan bir qatorda buzib sinash ham о‘tkaziladi. Bunda inshoot tuzilmasi yuk kо‘tarish qobiliyatini yо‘qotguncha sinov davom ettiriladi.
Maket - sinov obyektining soddalashtirilgan holatini aks ettiradi. Maket va model kо‘rinishidagi sinov obyektlari ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qо‘llaniladi.
Model - sinov oboyekti yoki uning bir qismini ma’lum bir masshtabda aks ettiradi. Uxshashlik nazariyasini qо‘llagan holda modellar bilan haqiqiy inshoot parametrlari о‘rtasida sonli bog‘lanish о‘rnatish lozim bо‘ladi.
Sinov usulini aniq tamoyillarga asoslangan sinov qoidalari majmui belgilaydi. Bu qoidalar bо‘yicha tashqi ta’sirni hosil qilish, о‘lchov uskunalarini tanlash, natijalarni qayta ishlash uslublari ishlab chiqiladi. Hozirgi sharoitda har bir sinov bir qator maqsad va vazifalarni о‘z ichiga olgani, qimmatbaho dastgoh uskunalar ishlatilishi sababli, sinovni о‘tkazishga puxta tayyorgarlik kо‘rish lozim.
Real bino, inshoot va tuzilmalarning tekshiruvi bilan bog‘liq bо‘lgan sinovlar naturaviy obyektlarda о‘tkaziladi.
Tajriba uchun tanlangan obyektlar sinov poligonlaridagi sinov stendlarida, real ekspluatatsiya sharoitiga yaqin sharoitlarda о‘tkaziladi. Sinov obyektini belgilangan holda о‘rnatish, yuklama hosil qilish, asboblardan sanoq olish va sinov jarayonini boshqarish uchun maxsus sinov stendlaridan foydalaniladi.
Maket va modelda sinash ilmiy-tadqiqot institutlarining laboratoriyalarida, standart sinov uskunalarida о‘tkaziladi. Sinov о‘tkazishdan oldin texnik topshiriq (ishchi dastur) tuziladi va bunda sinov maqsadi, ishchi texnikasi xavfsizligi va boshqa texnik hujjatlar keltiriladi. Asosiy e’tiborni mehnat muhofazasi va qaratish lozim. Sо‘ngra sinov obyektini sinovga tayyorlash bosqichi, ya’ni yuklash tuzilmalari va о‘lchov uskunalari о‘rnatish amalga oshiriladi. Agar sinovdan sо‘ng sinov obyekti ekspluatatsiyaga topshiriladigan bо‘lsa, sinovni shunday tashkil qilish kerakki, sinovdan sо‘ng ham obyekt ishga yaroqli holatda bо‘lishi lozim. Shuning uchun sinov yuklamasi belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. Agar buzib sinov о‘tkaziladigan bо‘lsa, sinov yuklamasining yuqori chegarasi belgilanmaydi. Lekin oldindan buzuvchi kuch miqdori, kerakli sinov yuklamasi hosil qiluvchi tuzilmalar va asboblarni tanlash uchun hisoblar о‘tkaziladi.
Yuklanishning 2 turi: dinamik va statik yuklanishlar mavjud. Amalda har qanday yuklanish jarayoni qandaydir vaqt oralig‘ida amalga oshadi. Shuning uchun haqiqiy statik yuklanish mavjud emas. Yuklamani vaqt bо‘yicha qо‘yilish tavsifini baholash uchun yuklamaning eng katta qiymatiga yetish vaqti bilan qaralayotgan obyektning xususiy tebranish davrini solishtirish lozim. Agar yuklama chiziqli о‘zgarsa va о‘zining eng katta qiymatiga qandaydir  vaqt oraligida erishsa, xususiy tebranish davri T ning ma’lum qiymatida, agar /T>10 tensizlik о‘rinli bо‘lsa, kuch inersiyasi ta’siri yetarli darajada kichik hisoblanadi. Bu holda dinamik koeffitsiyent Kd=Ud/Us (Ud-yuklash tezligini hisobga olgandagi salqilik, Us -konstruksiyaning statik yuklanishidan hosil bо‘lgan salqilik) kuchning sо‘nishini hisobga olmaganda ham 1,03 qiymatdan oshib ketmaydi.
Statik yuklamalar konstruksiyada joylashish tavsifiga kо‘ra: keltirilgan, chiziqli va yuza bо‘yicha taqsimlangan bо‘ladi. Dinamik yuklamalar turi juda xilma-xildir. Ular о‘zgaruvchan amplitudali va о‘zgarmas amplitudali bо‘lishi mumkin. Uzgarmas amplitudali dinamik yuklamalar qiymati vaqt bо‘yicha muayyan qonun asosida о‘zgaradi. Bunday yuklamalar muvozanatlashmagan massali mexanizmlar, generatorlar, elektrodvigatellar, ventilyatorlar ishi natijasida hosil bо‘ladi.
Uzgaruvchan amplitudali dinamik yuklamalarning о‘zgarish tavsifi sinov о‘tkazgunga qadar nomaolum bо‘ladi.
Dinamik yuklamalar harakatlanuvchi va qо‘zg‘almas bо‘ladi. Statsionar о‘rnatilgan uskunalar taosiridan hosil bо‘lgan dinamik yuklamalar qо‘zg‘almas; odamlar, elektrokaralar, kranlar harakatidan hosil bо‘lgani esa harakatlanuvchi bо‘ladi.
Vaqt bо‘yicha о‘zgarishiga kо‘ra dinamik yuklamalarning davriy va davriy bо‘lmagan, garmonik va impulpsli turlari mavjud.

Download 71.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling