Reja: Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari Tekshirishning asosiy bosqichlari Sinash usullari va vositalari Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari Inshootlarni tekshirish va sinashning maqsad va vazifalari


Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari


Download 71.63 Kb.
bet4/7
Sana13.02.2023
Hajmi71.63 Kb.
#1195605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bino inshoatlarining yonish va portlash hafi boyicha toifalanishi

Tajribada statik yuklamalarni hosil qilish yо‘llari
Sinovda yuklamalarni hosil qilish uchun donador yuklar, sochiluvchi materiallar, suv bilan tо‘ldirilgan idishlar, pnevmatik yostiqlar, gidravlik va vintli domkratlar qо‘llaniladi.
Donador yuklar sifatida metall quymalar, toshlar, beton va temirbeton bloklar qо‘llaniladi, Ular sinov oldidan tortiladi va markirovka qilinadi. Sinov jarayonida tashqi ta’sirlarga qо‘yiladigan asosiy talab - ularning bir xil bо‘lishi, ya’ni vaqt bо‘yicha о‘zgarmasligi miqdorini nazorat qilish oson va sodda bо‘lishidir.
Laboratoriya sharoitida namunalarni sinash uchun standart sinov uskuna(press)lar va sinov mashinalari qо‘llaniladi.
Yukni osib yuklama hosil qilish usuli keltirilgan yuklama hosil qilishning eng sodda usuli hisoblanadi. Lekin bu usul kо‘p mehnat talab qiladi.
Konstruksiyalar laboratoriya sharoitida va poligonlarda sinalganda, keltirilgan yuklamani hosil qilish uchun domkratlar foydalaniladi. Ular ixchamligi, yuklama hosil qilish va о‘zgartirishning soddaligi, kerakli yо‘nalishda yuklamani hosil qilish mumkinligi bilan e’tiborlidir. Sinov amaliyotida elektr yuritmali va qо‘l nasosli gidravlik domkratlar keng qо‘llaniladi.
Domkratlar yordamida 1000 kN gacha yuklama hosil qilish mumkin va ularning porsheni 100  315 mm oraliqda harakatlanishi mumkin. Beton va temirbeton ilmiy tekshirish instituti (Moskva) da domkratlar yordamida 4000 kN gacha yuklama bera oladigan sinov mashinasi yaratilgan.
Sinovdan oldin har bir manometr 0,2 aniqlik sinfidagi namunaviy manometr bilan solishtiriladi. Har bir domkrat, nasos tizimi va gidrotizim birgalikda etalon dinamometrlarda majburiy tekshirishdan о‘tkazilishi lozim. Konstruksiyalar sinovida statsionar yoki vaqtinchalik stendlardan foydalaniladi. Eng sodda holda stend sinalayotgan tuzilma о‘rnatiladigan tayanch va yuklash tuzilmalaridan tashkil topadi.
Vaqtinchalik yig‘ma stendlar metall fermalardan iborat bо‘lib, konstruksiya bilan yuklash uskunalari shunday о‘rnatiladiki, natijada ular yig‘ma ferma tayanayotgan asosga yuk bermaydi.

Ваытинчалик стендда келтирилган юкламани ыуйишни энг содда књриниши 2.1 расмда тасвирланган. Синалаётган тњсинга домкрат 3 , тортки 2, ва кщндаланг траверса 1 ёрдамида келтирилган юклама ыуйилади.
Statsionar stendlar, odatda mustahkam temir beton poydevorga joylashgan monolit temir beton yoki metal tuzilmalardan tashkil topadi. Stend о‘lchov uskunalarini mahkamlovchi vositalar bilan jihozlanadi.
Albatta ideal bir nuqtaga keltirilgan tо‘plangan yuklamani hosil qilish mumkin emas, shuning uchun tо‘sin uzunligining 1/20 qismiga teng masofalarda taqsimlangan yuklamalar hosil qilinadi, bunda manometr kо‘rsatkichlaridagi farq 3% dan, salqilik esa 5% dan oshib ketmaydi. 4-traversa zо‘riqishni 5-ankerga uzatadi.


Download 71.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling