Reja: Investitsiya bozori instrumentlari daromadlarining tasniflash


Diskontlash tushunchasi, ular asosida amaliyotda kullanilishi


Download 202.7 Kb.
bet7/21
Sana15.02.2023
Hajmi202.7 Kb.
#1202903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
5.Diskontlash tushunchasi, ular asosida amaliyotda kullanilishi.
Real investitsiyalashning foydaliligini baholash uchun ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish vaqt bo‘yicha pul qiymatini baholash konsepsiyasiga asoslanadi. Ushbu konsepsiya pulning ertada ko‘ra bugun afzalligidan kelib chiqadi. Ko‘plab tadbirkorlar ushbu mantiqqa rioya qiladilar, chunki:
1.Pulning kelajakda olinmay qolish xavfi bor.
2.Agar bugun naqd pul mavjud bo‘lsa, uni kelajakda daromad olish uchun foydali investitsiyalash mumkin.
Investitsiya loyihasini baholashda ko‘pincha pul mablag‘lari oqimini (loyihadan kelib tushuvchi tushumlar va uni amalga oshirish xarajatlarini) uni amalga oshirishning turli variantlarida taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Bunday taqqoslashlar ma’noga ega bo‘lishi uchun pul oqimlari qaysidir bitta vaqt oralig‘i uchun taqqoslanadi. Taqqoslash uchun istalgan vaqtni olsa bo‘ladi, biroq oson bo‘lishi uchun nolinchi davr, ya’ni loyihani amalga oshirishning boshlanishi olinadi. Bo‘lajak pul mablag‘i oqimlari hozirgi vaqt ko‘rsatkichiga keltirilishi (diskontlanishi) lozim. Bu maqsadda quyidgi formulalar qo‘llanadi:


;
(2.2.)
bu yerda
BS — bo‘lajak pul miqdori (bo‘lajak qiymat);
NS — pul miqdorining hozirgi (joriy) qiymati;
r — diskont me’yori yoki daromadlilik stavkasi, birlik ulushi;
t — hisob-kitob davri (yil, oy) davomiyligi.
Investitsiyalarning bo‘lajak qiymati — bugungi kunda kiritilgan pul mablag‘lari ma’lum vaqt o‘tgach belgilangan foiz (diskont) stavkasida aylanuvchi summa. Foiz oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy foiz faqat investitsiyalangan mablag‘larning asosiy summasiga hisoblanadi. Murakkab foiz esa asosiy summa va bundan oldingi davlar foizlariga nisbatan hisoblanadi.
Pul mablag‘larining joriy (hozirgi) qiymati bo‘lajak qiymat va diskontlash koeffitsientini hisoblab chiqishni ifodalaydi:


(2.3.)

bu yerja KD — diskontlash koeffitsienti, birlik ulushi.


Diskontlash koeffitsienti doimo 1 dan kichik bo‘ladi, chunki aks holda bugungi pul ertangi puldan arzon bular edi.
Demak, pul oqimlarini diskontlash deb ularning vaqt bo‘yicha har xil (turli hisob-kitob qadamlariga mansub) qiymatlarini belgilangan vaqt ko‘rsatkichiga keltirishga aytiladi. Bulardan keyingisi keltirish vaqti bilan tavsiflanadi va t orqali belgilanadi. Keltirish vaqti boshlang‘ich vaqt bilan mos tushmasligi mumkin. Diskontlash joriy yoki deflyatsiyalashtirilgan narxda va yagona valyutada ifodalangan pul oqimlariga nisabatan qo‘llanadi.
Diskontlash uchun foydalaniluvchi asosiy iqtisodiy normativ birlik ulushi yoki yiliga foizlarda ifodalanuvchi diskont me’yori (r) hisoblanadi. Pul oqimini m qadamda diskontlash uning qiymatini (DPt) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanuvchi diskontlash koeffitsientiga (am) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi:


(2.4.)

bu yerda


tm t qadam yakunlangan payt;
r — diskont me’yori, yiliga birlik ulushi;
tm—tovaqt davri, yillar.
Diskont me’yori (r) loyiha samaradorligini baholashda foydalaniladigan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi.

Download 202.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling