Reja: Investitsiya bozori instrumentlari daromadlarining tasniflash
- daromad keltirishga ko‘ra turlarga bo‘linadi
Download 202.7 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Foiz stavkasi. Foiz stavkasi
- Qat’iy belgilangan foiz stavkasi
- UZIBOR
- daromad keltirishga ko‘ra turlarga bo‘linadi;
a) fiksirlangan daromadli aktivlar b)fiksirlanmagan daromadli aktivlar -risk darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi a)riskli aktivlar b)risksiz aktivlar Investitsion bozorni instrumentlari: - ulushli qimmatli qog‘ozlar -ulushsiz qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. 2. Foiz stavkasi. Foiz stavkasi- jalb kilgan mablag‘lar bo‘yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag‘larni jalb qilish turlari qancha ko‘p bo‘lsa ularni foiz stavkasi turlari xam xam shuncha ko‘p bo‘ladi. Misol, zayomщik uy sotib olish maksadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo‘yicha foiz stavkasi to‘laydi, bu o‘z navbatida qo‘yilgan mablag‘(nakd, mulk va boshkalar) bo‘yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stvkasi deyiladi. 1 Foizli pul yoki qisqarok kilib, foizlar- moliyaviy xisob-kitoblarda pul ko‘rinishdagi barcha qarzlarning daromadlik summasi tushiniladi; bir xil(davrli) ssudalar, jamg‘arma xisobga pul qo‘yish, jamg‘arma sertifikati va obligatsiyani sotib olish, veksel xisob kitobini amalga oshirish va boshqalar kiradi. Moliyaviy va kredit shartnomalari to‘zilayotganda kreditor va qarz oluvchilar o‘rtasida ssuda xajmiga nisbatan(ssuda foizi) fiksirlangan davr uchun to‘lanadigan foiz stavkani xajmi kelishiladi. Davr (interval) – bu kaysiki foiz xisoblanadigan xisoblash davriga aytiladi. Foiz to‘lovlarni summasi ssuda xajmiga, uni umumiy qaytarish muddati va foiz stavkasi darajasiga bogliq bo‘ladi. Ctavka foizlari o‘nlik va natural ko‘rinishda o‘lchanadi. Foizlarni xisoblashda tartib bo‘yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda xam xisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim xollarda xar kunlik xisoblash qo‘llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma’qul kelishi uchun ayrim xollarda foizni uzluksiz xisoblash usuli qo‘llaniladi. Foizlar kreditorlarga uni xisoblagan me’yorida to‘lanadi va qarz summasiga ko‘shilib boriladi. Foizni asosiy qarzga ko‘shilib ketishi xisobiga pul summasini ortib ketish yuzaga chiqadi, buni ortish (narasheniem) yoki avvalgi summani ortishi deyiladi. Foiz stavkani son jixatdan moliyaviy taxlil etishda nafakat qarz summasini ko‘payish quroli ko‘rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag‘larni bir egasidan boshqasiga oqib o‘tish va ko‘payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o‘lchash uchun joriy etiladi. Amaliyotda, ko‘proq chet elda shartnoma va ma’lum faoliyat sharoitlariga bog‘liq xolda foizlarni xisoblashning turli xil usullari mavjud. Mos turli xil foiz stavkalari ko‘llaniladi. Ulardagi kaysiki foizlarni xisoblashdagi asosiy farqlar shuki, ularni xisoblash uchun tug‘ri kelgan bazasini tanlash bo‘yicha teng axamiyatli bo‘lgan xillari joriy etiladi. Shunda qilib, foizlar qarzni avvalgi mos-to‘g‘ri kelgan summasiga yoki avvalgi davr uchun xisoblangan foizlar summasiga xisoblanadi. Bu xolda foiz stavkasi va boshqa usul bo‘lgan xisob stavkasi(xisoblash va avvaldan ushlab qolish kredit berish jarayonni boshida bajariladi) xaqida aniqlik kiritamiz. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlangich summasiga yoki avalgi davlar uchun xisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash xisob stavkalari xam qo‘llaniladi. Mos xolda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab xisob stavkalari. Shartnoma shartlarida foizni fiksirlangan stavkalari kelishiladi. Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari so‘zib yuruvchi yoki o‘zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim xolatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo‘yicha o‘zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan urnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan kushimcha daromad-marja kushiladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz xisoblanayotgan stavka bazani o‘zgarishi xisobiga o‘zgarib turadi. Shartnomalardagi marjani xajmi vaqtlar bo‘yicha o‘zgarishi orqali ko‘rsatilishi mumkin.2 Mavzuda keltirilgan formulani quyidagi belgilari qabul qilingan . i -ssudani barcha muddati uchun foizlar. K -yilni kunlardan iborat davomiyligi( vaktinchalik baza) R - ssudani avvalgi summasi. S - ssudani qaytarishni oxirgi muddatidagi summa. i - foiz stavka. d - oddi xisob stavka. p - ssudani yillardan iborat davomiligi. d - ssudani foydalangan kunlar soni. Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aksiya va xosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug‘ullanuvchi davlat, korxona va boshka xujaliklar(uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avans(zakladnoy)lar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o‘xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to‘lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog‘ozlar deyiladi. Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo‘linadi: -qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi -uzoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aksiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo‘lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozga o‘xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta korxonalarni tijorat vekseliga o‘xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan xarakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam xarajatliligi xamda oddiyligiga bogliq xolda aniklanadi. Aksiya- uning aktivini bir qismi me’yorida, korxonaning mulkiy egalariga qo‘yilgan talabdir. Xar kuni televideniya, gazetalarda, radio va internetlarda bozorni barcha ko‘rsatkichlarini imkoniyatlari xaqida: foiz stavkalari, valyuta kotirovkasi va fondlarni indekslari tugrisida ma’lumotlar berib boriladi. Kelgusida buning moxiyatini ochishga xarakat kilamiz. Foiz stavkasi – qarz kapitaliga ma’lum bir vaqt, odatda bir yil davomida bo‘lgan foizli to‘lovlarning nisbiy miqdoridir. Foizlar bozordagi o‘zgarishiga qarab qat’iy belgilangan va erkin so‘zuvchi foiz stavkalari bo‘lishi mumkin. Qat’iy belgilangan foiz stavkasi – qarz mablag‘laridan foydalanishning butun muddati davri mobaynida qarz shartlarini qayta ko‘rib chiqish xuquqisiz belgilangan foiz stavkasi. Erkin so‘zadigan foiz stavka – darajasi pul-kredit bozori kon’yunkturasiga qarab tebranib turadigan foiz stavkasi. Erkin so‘zadigan foiz stavkasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi o‘zgaruvchan qismdan iborat bo‘lib, o‘ pul-kredit bozori kon’yunkturasiga qarab o‘zgaradi. Mazkur qism sifatida odatda maydonga kredit resurslari bo‘yicha LIBOR, PIBOR, FIBOR va boshqa shu kabi banklararo taklif stavkalari chiqadi. 3 Qo‘shimcha bo‘lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda o‘zgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qo‘shimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Foiz stavkasining yuqorida keltirilgan turlari bilan birgalikda nominal va real foiz stavkalarni farqlashadi. Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa: r = i + x, bu yerda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob yuritish stavkasi, banklar tomonidan jalb etilgan resurslar xajmidan aniqlanadigan majburiy zahiralar hamda ochiq bozordagi operatsiyalar borasidagi siyosati bilan birgalikda pul-kredit tizimini muvofiqlashtirishning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob yuritish foizidan mohirona foydalangan holda pulning muomaladagi xajmi va qadrsizlanish sur’atlarini muvofiqlashtirishga intiladi. Ushbu xususda hisob yuritish rasmiy stavka darajasining pasayishi bozorda kredit resurslarini arzonlashishi va ular bo‘yicha taklifni oshishiga olib keladi. Bunday siyosat investitsiyalarni jonlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadiga egadir. Bunga teskari bo‘lgan hisob yuritish siyosatining o‘tkazilishi pul-kredit xajmining qisqarishiga, inflyatsiya sur’atlarining sekinlashishiga olib kelishi bilan birgalikda, iqtisodiyotga qilinayotgan investitsiyalar kamayishiga sabab bo‘ladi. Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Yetakchi banklar birinchi darajali banklar yevrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo‘yicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo‘yicha o‘rtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o‘rtacha stavka tushuniladi. “PRAYM-REYT” stavkasi bu tijorat banklari tomonidan birinchi darajali qarz oluvchilarga kreditlar taqdim etiladigan foiz stavkalarning darajasidir. Foiz stavkalarning yana bir turi - bu nisbatan yuqori darjadagi xavf-xatarga ega bo‘lgan korxona va xususiy shaxslarga taqdim etiladigan ssudalar bo‘yicha foiz stavkalardir. Rossiya Federatsiyasi moliya bozorida xozirgi kunda foiz stavkalarning talaygina turlari mavjud. Ularning ichidan: RF Markaziy bankining hisob yuritish stavkasi, banklararo pul bozorining foiz stavkasi (ya’ni, Axborot konsorsiumi tomonidan banklararo kreditlarni jalb etish va joylashtirish stavkalaridan o‘rtacha miqdor sifatida hisoblanadigan MIBID – tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim etish bo‘yicha e’lon qilingan stavkasi, MIAKR – taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha xaqiqiy stavka, Banklararo Moliyaviy Uy tomonidan tijorat banklari tomonidan tuzilgan bitimlar natijalariga asosan hisob-kitob qilinadigan INSTAR – banklararo bazaviy foiz stavkalar), ta’minlangan ssudalar bo‘yicha birinchi darajali mijozlarni kreditlash yuzasidan “bazaviy” foiz stavkalar va boshqa qarz oluvchilarni kreditlash tavakkalchiligi uchun olinadigan ustama xaqlari bilan foiz stavkalar ajralib turadi. UZIBOR (Uzbekistan Interbank Offered Rate) sotuvchi bankning so‘mlardagi banklararo depozitlar bo‘yicha stavkasi bo‘lib, 2004 yil may oyida joriy etilgan. 2005 yil boshlarida UZIBID va UZIAR stavkalari joriy etildi. UZIBID (Uzbekistan Interbank Bid Rate) – foiz stavkasi bo‘lib, shu stavka bo‘yicha banklar O‘zbekiston banklararo bozoridan mablag‘larni jalb etishga tayyor bo‘ladilar. UZIAR (Uzbekistan Interbank Avarage Rate) – O‘zbekistonning banklararo o‘rtacha mediana stavkasi bo‘lib, u UZIBID bilan UZIBOR o‘rtasida turadi. Garchi banklar bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zlari ko‘rsatgan BID va ASK stavkalari bo‘yicha jalb etish yoki joylashtirishga majbur bo‘lmasalar-da, amaldagi stavkalar o‘sha kuni indekslarni hisoblab chiqarish chog‘ida ko‘rsatilgan stavkalardan katta farq qilmasligi kerak. UZIARdan banklararo bozorning barqarorligini aniqlash uchun foydalanish mumkin: BID (sotib olish) va ASK (sotish) stavkalari o‘rtasidagi farq (spred) qancha kam bo‘lsa, banklararo bozor shunchalik barqaror bo‘ladi va aksincha. Kredit bozorining yuqorida ko‘rib chiqilgan stavkalaridan tashqari foiz stavkalari tizimiga pul va fond bozorlari stavkalari kiradi: g‘aznahona, bank va korporativ veksellari bo‘yicha stavkalar, davlat va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha foizlar va boshqa shu kabilar. Bank amaliyotida foizlar hisoblashning turli usul va uslublari mavjud. Bunga ko‘ra bank amaliyotida oddiy va murakkab foiz hisoblanadi. Download 202.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling