Reja: Investitsiya bozori instrumentlari daromadlarining tasniflash


Ssudadan foydalanishning aniq kunlarini hisobga olingandagi oddiy foizlar


Download 202.7 Kb.
bet5/21
Sana15.02.2023
Hajmi202.7 Kb.
#1202903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ssudadan foydalanishning aniq kunlarini hisobga olingandagi oddiy foizlar. Ushbu holatda hisob-kitoblar uchun yuqoridagiga o‘xshash ssudaning aniq kunlar soni olinadi, ammo davriy baza 360 kunga tenglashtiriladi. Agarda kreditning muddati 360 kundan ortiq bo‘lsa, unda foizlarning hisoblangan summasi yillik foiz stavkasi ko‘zda tutgan miqdoridan ko‘p bo‘ladi (masalan, ssudaning kunlik davri 364 kun bo‘lsa, unda 364/360 = 1,011). Ushbu usulni yuqorida keltirilgan misolda ko‘rib chiqamiz:

S2 = 100000 x (1+0,09 x260kun / 360kun) = 106499 rubl.


Ssudadan foydalanishning tahminiy kunlarni hisobga olingandagi oddiy foizlar. Bu holatda ssudadan foydalanishning kunlar soni tahminiy aniqlanadi, davriy baza esa 360 kunga teng. Ssudaning aniq kunlar soni tahminiy kunlar sonidan ko‘p holatlarda ko‘proq chiqadi deb hisoblanadi va shu sababli ssudaning aniq kunlariga asoslanib hisoblangan foizlarning miqdori ham ssudaning tahminiy kunlariga asoslanib hisoblangan foizlardan odatda ko‘pdir.
Bizning misolimizda ssudadan foydalanishning tahminiy kunlar soni 257 kunga (S3) teng

S3 = 100000 x (1+0,09 x257kun / 360kun) = 106424 rubl.


Keltirilgan hisob-kitoblar foizlar hisoblashning ikkinchi usuli, ya’ni ssudadan foydalanishning aniq kunlarini hisobga olingandagi oddiy foizlar boshqa ikki variantga nisbatan kattaroq natija berishini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidagi tijorat banklari amaliyotida jalb etilgan va joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha foizlarning hisoblanishi (qarz majburiyatlari va to‘lov kartlari bilan operatsiyalar bundan mustasno) birinchi usul bo‘yicha, ya’ni ssudadan foydalanishning xaqiqatda kunlari hisobga olingandagi aniq foizlar usuli bo‘yicha amalga oshiriladi.


4.Murakkab foizlarning hisoblanishi
Murakkab foizlar hisoblanishini yaxshiroq tushunish uchun quyidagi “Istiqboldagi qiymat va murakkab foizlar” nomli jadvalni ko‘rib chiqamiz:
Istiqboldagi qiymat va murakkab foizlar

Yillar

Omonatning yilni boshidagi summasi (dollar)

Hisoblangan foizlar (dollar)

Omonatning yilni oxiridagi summasi (dollar)

1

1000,0

100,0

1100,0

2

1100,0

110,0

1210,0

3

1210,0

121,0

1331,0

4

1331,0

133,10

1464,10

5

1464,10

146,41

1610,51




Hisoblangan foizlarning summasi

610,51




Izoh: mazkur jadval 1000 dollarning yillik 10% ustama xaq hisoblanshi sharoitidagi istiqboldagi qiymatini ko‘rsatmoqda.

Ushbu jadval 5 yil mobaynidagi mijoz hisob raqamidagi pul o‘simini ko‘rsatadi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki har yili hisoblanayotgan foizlarning umumiy summasi yil boshidagi summani 10% li foiz stavkasiga ko‘paytirilganiga teng. Mazkur jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda diagramma qurilsa, unda biz omonatning o‘sishi qisman murakkab foizlar va qisman oddiy foizlar o‘sishi hisobiga amalga oshayotganini ko‘ramiz. Bunda, oddiy foizlarning summasi har yili bir hil xajmdagi summaga (100 dollar) o‘sayotgan bo‘lsa, murakkab foizlarning yalpi qiymati yil sayin nisbatan kattaroq summaga o‘sib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Murakkab foizlar barcha avval hisoblangan foizlar summasidan 10% miqdorida aniqlanganligi sababli ushbu holat yuzaga kelmoqda.
Umuman olganda, agarda i – foiz stavka va n – yillar soni bo‘lsa, unda 1000 dollarning istiqboldagi qiymatini quyidagi formuladan bilish mumkin:

FV = 1000 (1+ i)n (4.1)


4.1 formulasining PV (1000 dollar) ga ko‘paytiriladigan qavs ichidagi ifoda 1 dollarning istiqboldagi qiymati bo‘lib hisoblanadi va istiqboldagi qiymat koeffitsienti (future value factor) deb ataladi. Istiqboldagi qiymat koeffitsienti bizning misolimizda 1610,51 ga teng bo‘ladi. Istiqboldagi qiymat koeffitsientining hisob-kitob formulasi oddiy ko‘rinishga ega, ya’ni:


Istiqboldagi qiymat koeffitsienti = (1+ i)n
Besh yil muddatga qo‘yilgan har qanday pul summasining yillik 10% foiz stavkasi sharoitida istiqboldagi qiymatini mazkur pul summasini istiqboldagi qiymat koeffitsienti (1610,51)ga ko‘paytirish orqali aniqlash mumkin. Shunday qilib, bankka besh yil muddatga yillik 10% foiz stavkasida ustama xaq to‘lash sharti bilan joylashtirilgan 500 dollarning istiqboldagi qiymati quyidagicha bo‘ladi: 500 dollar x 1610,51 = 804,254 dollar. Foiz stavkasi hamda omonatning muddati qanchalik yuqori bo‘lsa istiqboldagi qiymat koeffitsienti shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu bog‘liqlikni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.



Download 202.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling