Reja: Investitsiya bozori instrumentlari daromadlarining tasniflash


Jadval. 1 doll.ni turli xil davr va foizlar uchun keltirilgan qiymati


Download 202.7 Kb.
bet10/21
Sana15.02.2023
Hajmi202.7 Kb.
#1202903
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
4.Jadval.
1 doll.ni turli xil davr va foizlar uchun keltirilgan qiymati.
I foiz stavka

Yillar soni, n



2%



4%



6%



8%



10%



1



0,9804



0,9615



0,9431



0,9259



0,9091



2



0,9612



0,9246



0,8830



0,8573



0,8264



3



0,9423



0,8890



0,8396



0,793V



0,7513



4



0,9238



0,8548



0,7921



0,7350



0,6830



5



0,9057



0,8219



0,7473



0,6806



0,6209



Mazkur jadvalni xoxlagan yuqoridan pastga ustunini qaramaylik, bunda keltirilgan qiymatni foizi va muddati qancha yuqori bo‘lsa uning miqdori shuncha kamayayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Foiz stavkada masalan; yillik 10 % stavkada 1 dollning bir yildan so‘ngi keltirilgan qiymati 0.9091 doll ni tashkil etadi, a mazkur dollarni mos foiz stavkada 20 yildan so‘ngi qiymati esa 0.1486 doll ni.




6. Oddiy foiz stavkalar bo‘yicha diskontlash va hisob yuritish
Oddiy foizlar qisqa muddatli kreditlashda ishlatiladi. Bunda, chorakda bir marta yoki boshqa bir muddatlarda, shartnomada belgilangan tartibda, foizlarning hisob-kitobi va kreditorga to‘lovi amalga oshiriladi. Xozirgi kunda banklar amaliyotida foizlar hisob-kitobining ushbu usuli qo‘llaniladi. Bunda qarz oluvchi to‘lovlarining umumiy summasi, qarz bo‘yicha asosiy qarzni hisobga olgan holda, quyidagiga teng bo‘ladi:
S = P (1 + ni),
bu yerda, S – kredit bo‘yicha dastlabki qarzni hisobga olgan holdagi to‘langan summalar;
P- dastlabki qarz;
i – foizlar stavkasi;
n – ssuda davrining yillardagi o‘zunligi yoki ssudadan foydalanishni kunlar hisobidagi muddatining qo‘llanilayotgan kunlar bazasi (360 yoki 365) ga nisbati.

Bank amaliyotida ko‘p holatlarda foizlar hisoblashga teskari bo‘lgan operatsiyani amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Bunday holat odatda diskontli veksellar muomalasi paytida vujudga keladi. Bunda dastlabki qarzni hisoblash uchun quyidagi formula ishlatiladi:


S
P = —— .
1+ni

Bank quyidagi shartlar asosida muomablag‘a veksel chiqardi deb faraz qilamiz: vekselning nominal bo‘yicha summasi 100 mln. rub., yillik 120% to‘lash sharti bilan muomala muddati 3 oy. Mazkur vekselning joylashtirilishi holatida to‘lov summasi:


100
P = —————— = 76,9 mln. rublni tashkil etadi.
1+1,2x90/360

Veksellar hisobini yuritish tartibotida ularning taqdim etilish muddatlari tugaguniga qadar to‘lov summasini aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi:


S = P(1-nd),
bu yerda, d – hisob yuritishning oddiy stavkasi.

Masalan, bank so‘nidirilish muddatiga 20 kun qolgan vekselni hisobga olmoqda. Bunda vekselning summasi 100 mln. rub.deb berilgan, hisob yuritish stavkasi esa yillik 130%. Ushbu holatda veskelning hisobga olinish summasi quyidagiga teng bo‘ladi:


20
P = 100 x (1-1,3 x ——) = 93 mln. rub.
360
Diskontlashning maqsadlari va foiz stavkasining turidan kelib chiqqan holda hisoblashning 2 usulidan foydalaniladi: matematik diskontlash va bank hisob yuritishi.
Matematik diskontlash (foizlarning oddiy stavkasi)
P = S ∙ 1/(1+ni)
bu yerda, 1/(1+ ni)—diskontli ko‘paytiruvchi, n=d/K.
Masala. Kontrakt tuzilgan daqiqadan boshlab 180 kun o‘tgach qarzdor 31 ming rublni to‘laydi. Kredit yillik 6% ustidan taqdim etilgan. Qarz oluvchi qanday summani olishi va diskontning summasi aniqlansin. Davriy baza 365 kun.
P =31000/ (1+ 180/365 x 0,06) = 30109,1 rubl; D = S —P = 890,9 rubl.
Bank hisob yuritishi (oddiy hisob yuritish stavkasi)
P = S ∙ 1/(1-nd),
bu yerda, (1—nd)— diskontli ko‘paytiruvchi.
Tijorat ususuli deb atalmish hisob yuritishning mazkur usuli veksellar va boshqa qisqa muddatli majburiyatlarni sotib olishda (hisobga olishda) ishlatiladi. Operatsiyaning mohiyati shundaki, bank yoki boshqa bir moliyaviy tashkilot veksel bo‘yicha to‘lov muddati yetib kelgunga qadar uni egasidan xaqiqiy bahosidan kam bo‘lgan bahoda sotib oladi, ya’ni uni diskont bilan sotib oladi (hisobga oladi). Vekselning to‘lov muddati yetib kelishi bilan pullarni olgan holda bank diskotni sotadi. Vekselning egasi uni hisobga olish yordamida vekselda ko‘rsatilgan so‘ndirish muddatidan avval pullarni olish imkoniyatiga ega.
Hisob yuritish stavkasi bo‘yicha diskontlash ko‘p holatlarda davriy baza 360 kunga teng bo‘lgan sharoitda amalga oshadi va kredit muddatining kunlardagi davri aniq qilib olinadi.
Masala. Tratta (o‘taziladigan veksel) 100 ming rubl summasiga, 17 noyabrda to‘lanish sharti bilan berilgan. Ushbu hujjatning egasi uni bankda 23 sentyabrda, 8% li hisob yuritish stavkasi bo‘yicha hisobga olgan.
Majburiyat so‘ndirilgunga qadar qolgan davr 55 kunga teng bo‘lganligi sababli, vekselni hisobga olish paytidagi olingan summa (vositachilik xaqi to‘lovisiz) quyidagiga teng bo‘ladi:
R = 100 000(1 —55/360x0,08) = 98777,78 rubl.
Oddiy foizlarni hisoblash va hisob yuritish stavkasi bo‘yicha diskontlash operatsiyalari birgalikda olib borilishi mumkin, masalan, oddiy foizlar hisoblanishini ko‘zda tutadigan to‘lov majburiyatini hisobga olishda.
To‘lov majburiyatini oddiy foizlar hisoblanishi bilan hisobini yuritish
P 2= R 1 (1 +n1i)(1 — n2d),
bu yerda, R1 — ssudaning boshlang‘ich summasi; R2— majburiyat hisobga olinganda olingan summa; n1— to‘lov majburiyatining umumiy muddati (foizlar hisoblanishining muddati); n2— majburiyatlar hisobga olingandan boshlab qarz n2 , ≤ n1so‘ndirilguniga qadar bo‘lgan muddat.
Masala.
180 kundan so‘ng 30 ming rublni foizlari bilan (yillik 6%) to‘lash majburiyati bankda 120 kun avval majburiyat muddati kelgunga qadar hisobga olingan edi. Hisob yuritish stavkasi 7,5%. Hisob yuritish paytida olingan summa vositachilik xaqisiz quyidagini tashki etdi:
P2 = 30 (1 + 180/365∙ 0,06) (1 — 120/360 ∙0,075) = 30,115479 ming rub.



Download 202.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling