Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


-modda. Investitsiya resurslari


Download 302.5 Kb.
bet13/38
Sana24.03.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1294098
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Reja Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

7-modda. Investitsiya resurslari
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar;
koʻchar va koʻchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga boʻlgan huquqlar;
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;
yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.
8-modda. Investitsiya faoliyatining obyektlari
Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir.
Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi.
9-modda. Investitsiya faoliyatining subyektlari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari – rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir.
10-modda. Investorning huquqlari
Investor:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yoʻnalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
oʻz investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yigʻimlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar (bundan buyon matnda soliqlar va toʻlovlar deb yuritiladi) toʻlanganidan soʻng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
oʻzi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning taʼminoti sifatida oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablagʻlarini jalb etishga;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling