Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasini bekor qilish shartlari
Download 302.5 Kb.
|
Reja Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasini bekor qilish shartlari
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasidagi qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralarining (imtiyozlar va preferensiyalarning) amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilish muddati tugagach bekor qilinadi yoxud ushbu moddada belgilangan tartibda bunday muddatning tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin: taraflarning oʻzaro kelishuviga binoan; bir tomonlama tartibda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha majburiyatlar chet ellik investor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun investitsiya loyihasini toʻxtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi. Agar chet ellik investor tomonidan yozma xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran uch oy mobaynida investitsiya loyihasini toʻxtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdimnoma kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xulosasini olganidan keyin chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin bir tomonlama tartibda bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor qilingan taqdirda, chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha berilgan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli byudjetga toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarning summalarini toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzgan chet ellik investorning tashabbusiga koʻra bir tomonlama tartibda bekor qilingan taqdirda, mazkur chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi boʻyicha berilgan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli byudjetga toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarning summalarini toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi taraflarning kelishuviga koʻra muddatidan oldin bekor qilinganda majburiyatlarni bundan buyon ijro etish ularning oʻzaro kelishuvi bilan belgilanadi. Download 302.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling