Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari


Download 302.5 Kb.
bet26/38
Sana24.03.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1294098
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
Reja Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari sifatida chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ish yuritadi.
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining shartlari
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, 
shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi boʻyicha huquq va majburiyatlari;
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik normalar boʻyicha zamonaviy talablarga muvofiq boʻlgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishga doir majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, 
shu jumladan investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanganiga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq 
va majburiyatlari;
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi toʻgʻrisidagi axborot;
chet ellik investor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
taraflarning investitsiya shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi, shu jumladan chet ellik investorga davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek investitsiya shartnomasiga muvofiq chet ellik investor oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganda yoki lozim darajada rioya qilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 
oʻz majburiyatlarini bajarishni bir tomonlama tartibda rad etish huquqi;
oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
tugatish tartibi;
investitsiya shartnomasi taraflari oʻrtasidagi investitsiya shartnomasi qoidalari bilan bogʻliq nizolarni hal etish tartibi, joyi va nizolarni koʻrib chiqadigan organ.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasining oʻziga xos xususiyatlariga qarab boshqa shartlar, shu jumladan quyidagi shartlar ham boʻlishi mumkin:
hududning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha taraflarning oʻzaro majburiyatlari;
chet ellik investorning shartnoma shartlarini bajarish natijasida ishlab chiqargan, oʻziga tegishli boʻlgan mahsulotni va olingan foydasini (daromadlarini) Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi;
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni yollash va oʻqitishga doir majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallanganidan soʻng tashkil etilgan tashkilot xodimlarini oʻqitish boʻyicha majburiyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasida chet ellik investorga uni bozorda ustun mavqega qoʻyadigan mutlaq qoidalar va huquqlar berilishi taqiqlanadi.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling