Reja: Iqbol Mirzo hayoti va ijodi


Download 432.75 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi432.75 Kb.
#1562234
Bog'liq
Iqbol Mirzo


Mavzu:Iqbol Mirzo ijodida mahorat va obraz talqini
Reja:
1.Iqbol Mirzo hayoti va ijodi
2.Iqbol Mirzo she'rlari tahlili
Muhabbatdan ayro asar – kemtik, ishqdan ayro ko‘ngil – yetim. Ishq yonida hijron, visol va sog‘inchlar ham bor.
Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo‘ygaymi omon?!
Tushun, seni sog‘indim yomon,
Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.
Yor sog‘inchi qalbga tirik­lik suvini olib kiradi; hissiz yurak tosh qotadi.
Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967 yil, 1 mayda Farg'ona viloyati, Bag'dod tumaniga qarashli Qo'shtegirmon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston halq shoiri (2005). Dastlabki she’rlar to'plami — «Yurakning shakli» (1993). Shundan so'ng shoirning «Ko'ngil», «Seni sog'inaman» (1994), «Meni eslaysanmi» (2000), «Tanlangan she’rlar» (2002), «Qo'shiqlarim» (2004), «Seni bugun ko'rmasam bo'lmas» (2005) singari kitoblari nashrdan chiqqan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).
Iqbol Mirzoning she’rlarida ochiq e’tirof­lar, achchiq haqiqatning rost ifodalari bor:
Davrangizga kira olmayman,
Kirsam, ko‘nglim yora olmayman.
Sizga talant bera olmayman,
Meni yomon ko‘rgan odamlar.
Sizga uka, aka, jo‘raman,
Duoingiz qilib yuraman.
Men sizlarni yaxshi ko‘raman…
Meni yomon ko‘rgan odamlar.
Uning lirik qahramoni – shafqatsiz; o‘zini fosh etishdan, iqrordan qo‘rqmaydi: bolaligi va beg‘uborligini, g‘o‘rligi va zo‘rligini eslaydi
Ғамгин юрак, ғамгусор юрак –
Бечорани хўрласанг бўлмас.
Сени бугун кўришим керак,
Сени бугун кўрмасам бўлмас.
Елкамга юк ташлади осмон,
Бу азоблар қўйгайми омон?!
Тушун, сени соғиндим ёмон,
Сени бугун кўрмасам бўлмас.
Балки қуёш кулар эртага,
Очилади гуллар эртага,
Нима бўлса, бўлар эртага,
Сени бугун кўрмасам бўлмас.
Узун кунлар бунчалар маҳзун,
Маҳзун кунлар бунчалар узун?
Мен эртага яшашим учун –
Сени бугун кўрмасам бўлмас.

Iqbol Mirzo she’rlarida sevgi yo‘lida uchib borayotgan bu kabi nazokatli kapalak yoki o‘ynoqi ninachi, yuzi qizargan atirgul, tuyog‘idan tillo sochadigan jayronlar uchraydi. Bunday lirik obrazlar biri ikkinchisini to‘ldirib, shoir she’rlarining umummanzarasini, yuragining mahobatli suvratini namoyon qiladi.

Iqbol she’rlari haddan tashqari murakkab emas. Ularni anglab, tushunib, his etib turasiz. Sizni zavqlantiradi, yurakni ko‘pirtirib, hayajonga soladi. Ammo tizginsiz tuyg‘ularga qanot bag‘ishlagan she’r sirini topish qiyin. Chunki shoir shunday bir lahzada borliqni “xayol ko‘zi” bilan ko‘rib, “lazzatga g‘arq bo‘lib” yashayd


Manglayga kaft qo‘yib olisga boqsam,
Edildan ko‘rinar bo‘ylaring, o‘zbek.
Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham,
Noming aytar Enasoylaring, o‘zbek.
lqbol Mirzoningning bu she’ri o‘zigacha shu yo‘lda yozilgan “O‘zbekiston”, “O‘zbegim” kabi she’rlar qatoridan o‘rin olishga loyiqdir.
Adabiyotshunoslikda ijodiy taraqqiyot, mavzular almashinuvining ilmiy-nazariy talqiniga nisbatan “evolyusiya” tushunchasi ishlatiladi. Bunda muayyan adibning badiiy ijod namunalari, mavzular yoki zamon xronologiyasiga ko‘ra tahlil qilinadi. Shu e’tibordan, Iqbol avval o‘ynab va so‘zlarni o‘ynatib yozar edi, hozir o‘ylab va odamlarni o‘ylatib yozadi.
Download 432.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling