Reja: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob‘ektiv asoslari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baynalminallashuv
- Emigratsiya
integratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslushuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab
chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Iqtisodiy hayotnig baynalminallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’li bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub‘ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti- harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. SHuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir hilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodaladilar. Baynalminallashuv - bu jahon xo’jaliginig bir necha sub‘ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarini o’rnatilishi va rivojlanishnig dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha “globus” - yer kurrasi) - jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmundir. Bu xalqaro iqtisodi munosabatlarni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi deb ham yuritiladi. Bu aloqalar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: • Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; • Kapital va chet el investitsiyalarining harakati; • Ishchi kuchi migratsiya; ishlab chiqarishing davlatlararo kooperatsiyasi; • Fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; • Valyuta – kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokida bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilish. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: 1. Xususiy yoki davlat kapitali shaklida; 2. Pul va tovar shaklida; 3. Qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; 1. Ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklidа. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchinig xalqaro migratsiyasi bo’lib, u ishchi kuchini ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida namoyon bo’ladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash oyiga chiqib ketishni, immigratsiya - mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishini bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya‘ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar 5 ta asosiy toifaga ajratiladi: 1) Immigrantlar va noimmigrantlar; 2) Shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan mingratlar; 3) Nolegal, yashirin immigrantlar; 4) Boshpana so’rovchi shaxslar; 5) Qochoqlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling