Reja: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob‘ektiv asoslari


Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1741677
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob‘ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy
o’rinni egallaydi:
• Xo’jalik aloqalarinting baynalminallashuvi va globallashuvi;
• Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
• Umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;
• Milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.
Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri - milliy iqtisodiy ochiqligi darajasining oshishidir.
Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos belgisi quydagilar hisoblanadi:
1. Mamlakat iqtisodiyotning jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;
2. Tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi tusiqlarnig kamaytirilishi yoki tuliq bartaraf etilishi;
3. Milliy valyuta konvertatsiyasinig ta‘minlanganligi;


Eksport - bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab
chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning
iqtisodiy
samaradorligi
shu bilan
aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab
chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga chiqaradilar.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport 
tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar
ayirboshlashning ¾ 


Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste‘molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el
valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan chet el kompaniyasi
vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va hakozo).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki
chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan
vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqazo qiladi va shu orqali tassarufida bo’lgan
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksport chet davlatlarning mazkur mamlakatdan
bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qo’lay sharoit yaratadi
va chet el valyutasida foiz yoki divident shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.


Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tovar ichki bozorga bo’lib, o’zlarining
ichki iste‘moli uchun zarur bo’lgan archa tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish
holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo’li
hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib
chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni
mamlakatga keltirishni bildiradi. Agar mamlakatni o’zida mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari
tashqaridan sotib olinganidan qimmatga tushsa, usha tovarlar import qilinadi.
Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) - bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi
mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdoridir. Masalan,



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling