Reja: Iqtisodiyot deganda nimani tushunamiz?
Download 281 Kb.
|
1443846307 61525
Sanoat iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari Reja:
2. Ishlab chiqarish-iqtisodiyotning asosi 3. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot 4. Iqtisodiy tizimlar va ularning turlari Kundalik hayotimizda har qadamda uchrabturadigan atamalardan biri, bu “iqtisodiyot” tushunchasidir. U nihoyatda kengqamrovli va ko`p ma`noli tushuncha bo`lib, qisqa, lo`nda yoki ikki og`iz so`zbilan tushuntirib berish amri mahol vazifa hisoblanadi. Gap shundaki, bu atamabilan bevosita bog`liq bo`lgan yoki aniqrog`i undan kelib chiqqan "iqtisod","iqtisod qilish" kabi iboralar ham borki, ularning ma`nosi bir-biri bilan juda yaqin. "Iqtisod", "iqtisod qilish" deyilganda, biz odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondiradigan noz-ne`matlar, moddiy boylik va resurslardan tejab-tergab foydalanishni tushunmog`imiz kerak. Iqtisodiyot atamasining ma`nosi esa o`z mohiyatiga ko`ra ularga nisbatan anchagina keng. Hozirgi kunda "iqtisodiyot" atamasi ikkita ma`noda ishlatilmoqda, desak xato bo`lmaydi. Uning birinchi ma`nosi siz bilan bizning, barcha jamiyat a`zolarining kundalik hayotini, turmush sharoitlarini ta`minlovchi xo`jalikdir. Odamlarning turli-tuman moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish aynan ana shu xo`jalikka bog`liq bo`lib, uning rivojlanganlik darajasi pirovard natijada odamlarning hayot tarzi va sifatini belgilab beradi. Shuning uchun ham xo`jalikni, ya`ni iqtisodiyotni rivojlantirish har qanday jamiyat (xalq) oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Xo`jalik ma`nosidagi iqtisodiyot ko`p tarmoqli bo`lib, bu tarmoqlarni ikkita katta sohaga bo`lish (yoki ajratish) mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasi va ijtimoiy-madaniy soha. (1-rasmga qarang.) "Iqtisodiyot" atamasining ikkinchi ma`nosi xo`jalikni, odamlarning xo`jalik faoliyatini o`rganuvchi ilm (fan)dir. Kishilik jamiyatining xo`jalik amaliyoti qancha qadimiy bo`lsa, bu fan ham shuncha qadimiydir. U odamlarning xo`jalik hayotiga, avvalo, uy xo`jaligini yuritish san`ati (ilmi) sifatida kirib kelgan bo`lsa, endilikda u keng qamrovli fanga aylandi. Iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy aloqalar, sanoat va boshqa tarmoqlar iqtisodiyoti kabi o`nlab fanlar mavjudki, ularni lo`nda qilib iqtisodiyot ilmi deb atash mumkin. Bu ilm hayotda ro`y beruvchi iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, qonun va qonuniyatlarni o`rganadi, odamlarning xo`jalik faoliyatini oqilona tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish muammolari va yo`llari bilan shug`ullanadi. Nazariy bilimlar qancha puxta va mustahkam bo`lsa, ularning amaliyot uchun tegadigan nafi ham shuncha yuqori bo`ladi. Bu narsa, ayniqsa, iqtisodiy bilimlarga taalluqlidir, desak mubolag`a bo`lmas. Iqtisodiy bilimlar odamlar uchun hamma zamonlarda ham muhim ahamiyat kasb etgan, chunki iqtisodiyot bilan har xil darajada bo`lsa-da, hamma shug`ullanadi. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak bilan ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu kun hodisalarini tushuntirish bilan cheklanmaydi. Uning muhim vazifasi kelajakni anglash, bashorat qilish va iqtisodiy taraqqiyotning eng maqbul va oqilona yo`llarini ishlab chiqishdir. 1.1-rasm. Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi Iqtisodiy bilimlar odamlarning iqtisodiy tafakkurini belgilab beradi. Iqtisodiy tafakkur shaxsning iqtisodiy voqelik va jarayonlarga munosabatini ifodalaydigan qarashlar, g`oya va tasavvurlar majmuidir. Hozirgi yoshlardan zamonaviy iqtisodiyot fani kategoriyalari bilan fikrlash va uning yutuqlarini amaliyotda samarali qo`llash talab qilinmoqda. Ular oqilona xo`jalik yuritish va o`z ishini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatining siru sinoatlarini o`rganishlari zarur. Davlatning iqtisodiy qudratini kuchaytirishda faol va ijodiy ravishda ishtirok etish ularning vatanparvarlik burchidir. Iqtisodiy tafakkur iqtisodiy bilimlarga asoslanadi, bu bilimlar esa o`z navbatida ishonchli bo`lishi, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda yuz berayotgan haqiqiy jarayonlarni aks ettirishi kerak. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, jamiyat a`zolarining turmush farovonligi va darajasi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy tafakkuriga bog`liq deb aytish mumkin. Zero, ularning xo`jalikni oqilona yurita olish qobiliyati va tejamkorlik xislatlari xo`jalik faoliyatining samaradorligini belgilab beradi. Jamiyat a`zolarining iqtisodiy savodxonligini shakllantirish va oshirish ularning doimo ortib boruvchi ehtiyojlarini qondirish zarurligidan kelib chiqadi. Iqtisodiy bilimlarni ko`proq va chuqurroq o`zlashtirgan va bu bilimlarga tayangan holda fikrlay oluvchi odamning mehnat va tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi hamisha yuqori bo`ladi. Bunday odamlarning jamiyat, millat taraqqiyotiga qo`shadigan hissasi ham hamisha yuqoridir. Hayot va iqtisodiyot bir-biri bilan shu darajada chambarchas bog`liqki, bu bog`liqlikni quyidagi fikrdan ham yaqqol ko`rish mumkin. Har bir insonning moddiy va ma`naviy jihatdan boyu badavlat turmush kechirishiga erishish har qanday jamiyatning ezgu orzu va maqsadidir. Biroq bu orzuning ro`yobga chiqishi uchun, avvalambor, moddiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish kerak. Shuning uchun moddiy ne`matlar ishlab chiqarishni eng oqilona va samarali yo`llarini amalga oshirish iqtisodiyot fanining, iqtisodchilarning, qolaversa, har bir insonning muqaddas vazifasidir. Lo`nda qilib aytganda, iqtisodiyot ilmini jamiyat a`zolarining yo`lini yorituvchi, ertangi kunni bugundan farovonroq qilishni ta`minlovchi fan sifatida talqin qilish mumkin. Download 281 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling