Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning


-savol. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari


Download 25.25 Kb.
bet4/7
Sana12.10.2023
Hajmi25.25 Kb.
#1699276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403158204 43572

3-savol. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ma‘lumki, ishlab chiqarish ijtimoiy bo’lib, barcha resurslar harakatga keltiriladi, natijada juda kup turdagi tovarlar va xizmatlar yaratiladi, ularni barcha massasi yalpi ijtimoiy mahsulotni hosil qiladi.
Jami tovarlar va xizmatlar, ya‘ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi deyiladi. Mamlakatda yil davomida yaratilgan milliy mahsulot natural jihatdan uch qismdan iborat bo’ladi: ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari va turli xildagi xizmatlardan iborat.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga utgan qismi (S);
2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar, va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (J);
3. Yangidan yaratilgan mahsulotning bir qismi, ishchilarga tegishli qismi zaruriy mahsulot qiymati (Ya) dan iboratdir.
T = C + Ya + J (1) ni tashkil etadi.
Yaratilgan mahsulotdan iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiyomati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi.
YaIM - Aa=SMM (2) бo’лади.
Sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy (ZM) va qo’shimcha (QM) mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot - bu ishchi va xizmatchilar tomonidan ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratiladi va ularga ish haqi, mehnat haqi ko’rinishida beriladi.
Ish haqi - ish kuchini qayta tiklash va takror ishlab chiqarish va oila a‘zolari ehtiyojlariga sarflanadi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi bo’lib, ishchi tomonidan qo’shimcha mehnat bilan yaratiladi.
Uni quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.



Sof mahsulot



Zaruriy mahsulot




Qo’shimcha mahsulot

↓ ↓ ↓ ↓ ↓ ↓

Ish haqi




Ijtimoiy himoya fondlari




Foyda




Foiz




Renta




Soliqlar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona qo’shimcha mahsulotni ko’paytirish yo’li bilan foyda olishga erishadi. Qo’shimcha mahsulot uch yo’l bilan olinadi:


1. Ishchilar sonini ko’paytirish;
2. Ish kunini uzaytirish;
3. Ish kuni chegarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish hisobidan qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirishdir.
Ish kunini o’zgartirish yo’li bilan olingan qo’shimcha mahsulot абсолют qo’shimcha mahsulot deyiladi.
Ish kunini o’zgartirmasdan zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirish hisobiga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan barcha qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbatini foizda ifodalanishi qo’shimcha mahsulot normasi deyiladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin.

Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling