2-savol. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
Ishlab chiqarish jarayoni - bu insonlarning o’z iste‘mollari uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq bo’lgan faoliyatlar majmuasidir. Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir.
Ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne‘matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma‘naviy ne‘matlar yaratiladi (ta‘lim, sog’liqni saqlash, sport, turizm va h ). Bu sohalar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda rivojlanadi. Masalan, O’zbekistonda 2007 yilda ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati yalpi ichki mahsulotda 13529,4 mlrd yoki 48,0 foiz, ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 11979,1 mlrd yoki 42,5 foizni tashkil etgan edi. Sof soliqlar esa 2677,7 mlrd so’m yoki 9,5 foiz bo’lgan edi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini chizmada ko’rsatamiz.
Ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari (natural shakllari)
|
→
|
Mehnat jarayoni yoki naflilikni yaratilishi va ko’payishi jarayoni
|
→
|
Iste‘mol qiymati, ya‘ni nafligi
|
↑ ↑ ↑
↓ ↓ ↓
Kapital ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi qiymati
|
→
|
Qiymatlarning o’sish jarayoni
|
→
|
Sarflangan va qo’shilgan qiymat
|
Tovar va xizmatlar nafligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining rolini chizmada tasvirlaymiz.
Yaratilgan tovar va xizmatlar
|
↓ ↓
Naflilikni yaratilishida qatnashadi.
|
|
Qiymatni tashkil topishida qatnashadi.
|
↓ ↓ ↓ ↓
↓ ↓
Do'stlaringiz bilan baham: |