Reja: Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning


Download 23.61 Kb.
bet5/7
Sana25.04.2023
Hajmi23.61 Kb.
#1398510
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Ishlab chiq

M’ = M x 100 % (1)
V
Bunda: M’ – qo’shimcha mahsulot normasi; M - qo’shimcha mahsulot massasi; V - zaruriy mahsulotni bildiradi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikni ishlab chiqarish funktsiyasi deyiladi.
Ya‘ni: M = F (E, K, I) (2) dan iborat bo’ladi.
Bunda: ishlab chiqarish funktsiyasi – M; yer - Ye, kapital – K; ishchi kuchi - I bilan belgilangan.
5-savol. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlar
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbatdan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi.
Ya‘ni: I/ch = F x 100% (3).
Rх
С = M х 100 % (4).
Rc
Samaradorlik qanchalik yuqori bo’lsa, olinadigan foyda va foyda normasi oshib boradi.
Ya‘ni: R’ = F x 100 % (5).
Bunda: R’- foyda normasi; IX - iqtisodiy resurs xarajatlari; F -foyda.
Samaradorlikning bosh mezoni haqida foyda, boshqalari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, milliy daromad, qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar.
Ko’pchilik olimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya‘ni рентабеллик foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb ko’rsatadilar.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan omillarning unumdorligi, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bosh mezonlardan biri mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi. Bu esa sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Ya‘ni: MU= M/V (6).
Bunda: MU- mehnat unumdorligi; M - yaratilgan mahsulot; V - sarflangan vaqt.
Mehnat unumdorligi – bu sarflangan inson mehnatining har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Vaqt birligi ish kuni, ish soatidan iborat bo’ladi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligidan foydalanish mumkin.
Ya‘ni: KU = M/K; KU= YaD/K; KU= F/K;

Bunda: KU - kapital unumdorligi, M – mahsulot, K - ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdori:
Samaradorlikni anqilashda ko’rsatib o’tilgan mezonlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, moddiy ashyolar, energiya miqdorini hisobiga olinadi.

Download 23.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling