Reja Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
Download 29.82 Kb.
|
mustaqil ish
Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki
bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. O’rnatish operatsiyaning bir qismi bo’lib detalning (dastgoh turiga qarab bir necha detalning) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yig’indisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan zagotovka uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash mumkin. Holat detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holatidir. Holatni o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. Masaslan: ko’p shpindelli ko’p holatli dastgohlarda. Operatsiya texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik operatsiyani tugallangan qismi bo’lib detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi. O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi. Yordamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo’ladi. Download 29.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling