Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash boyicha xarajat moddalari Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati


"Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilgi va energiya"


Download 36.92 Kb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi36.92 Kb.
#1164390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
suxrob kichik biznes

"Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilgi va energiya"
moddasida texnologik maqsadlar, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg ining chetdan sotib olinadigan barcha turiari, korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya aks ettiriladi.
"Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to lash xarajatlari"ga
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakl va usullariga muvofiq qo'llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqibhisoblangan:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun
hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo'yicha
dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag batlantiruvchi tusdagi to'lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar;

  • ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog liq kompensauiya tusidagi to'lovlar, shu jumladan, tungi smenada, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo'shimcha haq;

  • ko'p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni birga qo'shib olib borganlik va xizmat ko'rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;

  • hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro'yxati bo'yicha og'ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;

  • qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo'lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko'chma va qatnovxususiyatiuchunustama;

- mehnatga haq to'lashning rayonlar bo'yicha tartibga solinishi, shu
jumladan, rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
cho'l, suvsiz va yuqori tog' joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan
belgilaganto'lovlar;

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va qo'shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo'shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o'smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffiaslar, shuningdek tibbiy ko'riklardan o'tish bilan bog'liq vaqt uchun haq to'lash;

  • majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolganholda haq to'lash;

  • davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig'inlar, favqulodda vaziyatlar bo'yicha yig'inlar va boshqalar) mehnat haqi to'lash;

  • korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo'yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to'lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o'zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasihamshujumlagakiradi;

- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to'lash fondiga kiritiladigan
to'lovlarningboshqaturiari.
"Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug'urtaga ajratmalari" moddasida qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo'yicha mehnatga haq to'lash fondiga ijtimoiy turdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg'armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va ixtiyoriy sug'urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar bo'yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasi (lizing bo'yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham) kiradi.
"Asosiy vositalar amortizatsiya»" saqlash va ishlatishga hamda korxona tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli;

  • asosiy vositalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning ish haqi;

  • ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;

  • yonilg'i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar;

- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat
ko'rsatish xarajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish
haqidanijtimoiyajratmalar;
-asosiy vositalarni ta’minlashga sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan song sinab ko'rish chogida sarflangan yonilg-j-moylash materiallari qiymati tannarxni hisoblashning tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg'i va energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to'lash xarajatlari, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sugurtaajratmalari)hisobgaolinadi.
"Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlarning buzilishidan korilgan zararlar" da ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo'qolish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yoqotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar" moddasi quyidagilardan tashkil topadi:

  • ishlab chiqarishni xomashyo, materiallari, yonilg i, energiya, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;

  • chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);

  • ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog'liq xarajatlar;

  • ifloslantiruvchi moddalarni yo'l qo'yiladigan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to'lovlar;

  • ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bog'liq mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;

  • xodimlarga tekin ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, tekin beriladigan joy haqini to'lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo'yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozli summasi;

- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga
tegishli xizmat safarlariga yuborish bo'yicha me’yorlar doirasida va
ulardanortiqchaxarajatlar;
- ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini
majburiy sug urta qilish xarajatlari;

  • kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga sifatli xizmat ko'rsatish xarajatlari;

  • mahsulotni (xizmatlarni) majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;




  • ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisizto'lanadigannafaqalar;

  • xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog'liq xarajatlar;

- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
Xarajatlarning moddalar boyicha guruhlanishi
Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to'lash xarajatlari
Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug'urta ajratmalari
Mineral va organic ogitlar
0-simliklar va chorva mollarmi himoyaiash vositalari
Yem-xashakvaozuqa
Urug'lik ko-chat materiallari
Qayta ishlash uchun xom ashyo
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
Ish va xizmatlar
Chorva mollarining nobud bolishidan yoqotishlar
Boshqa xarajatlar ~

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling