Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash boyicha xarajat moddalari Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati
Download 36.92 Kb.
|
suxrob kichik biznes
"Ish va xizmatlar" moddasida korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko'rsatilgan ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar uchun haq to'lash xarajatlari, shuningdek korxonaning yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalari bajargan ish va xizmatlarning xarajatlari aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalariga ot-arava, yuk avtotransporti, traktorlar tomonidan bajariladigan yuk tashish ishlari, ta’mirlash ustaxonasi, mahsulotlarni qayta ishlash bo'linmalari (tegirmon, moyjuvos, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uexlari, ozuqa tayyorlash sexi) va boshqalar kiritiladi. Mahsulotni qayta ishlovchi yordamchi bolinmalarning texnologik jarayonlarni (xomashyoni yuvish, qaynatish, sharbat va namakob tayyorlash, qovurish, qizdirish, maydalash, quritish va hokazo) ta’minlashga sarflaydigan yoqilgi, elektr, gaz, suv, shuningdek mahsulotni muzlatkichlar va boshqa tarzda saqlash xarajatlari ham ushbu moddada aks ettiriladi. Bu moddaga tashqi subyektlar tomonidan qishloq xo'jaligi ishlarini (er haydash, yerni ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish, tuproqqa ishlov berish, o'g it solish, kimyoviy himoya vositalari bilan ishlov berish, hosilni o'rib-yig ib olish, omborlarga tashish, veterinariya va zootexnika xizmatlami ko'rsatish va boshqalar) bajarish, turli xizmatlar ko'rsatish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni moddiy resurslar, suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari ham kiritiladi. "Chorva mollarinmg nobud bolishidan yoqotishlar" moddasida o'suvdagi va mahsuldor chorva mollari, parranda, ish hayvonlari, asalarilarning nobud bo'lishidan ko'riladigan yo'qotishlar (aybdorlardan udiriladigan va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo'lganlardan tashqari) aks ettiriladi. "Boshqa xarajatlar" moddasiga yuqorida keltirilgan moddalarda aks etmagan, ammo ishlab chiqarishga taalluqli bo'lgan quyidagi boshqa xarajatlar kiritiladi: -ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilgi, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlashxarajatlari; -chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari); -ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog liqxarajatlar; -ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bogliq mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari; -ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlar isizno qiladigan nafaqalar; -ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy sugurtalash xarajatlari; -yonginga qarshi, ekinzorlar, asosiy vositalarni qo'riqlash xarajatlari; -ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka, etik, fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari; -mollarning tagini quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa material xarajatlari; -fermalar atrofini devor bilan o'rash, chorva mollari uchun yozgi soyabonvaotarlarqurish xarajatlari; -ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar. Qishloq xo’ligida yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash bilan birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan bajarilgan ishlar tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan ish tonna - kilometrda, haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon -gektarda, otlarniki ot - kunida hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar erdagi bir mahsulot turini ishlab chiqarish tannarxi, bir bosh chorva molini parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin. Har bir korxona uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini izlab topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Chunki, mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo'lsa, shunchalik korxona oladigan foyda miqdori oshib boradi. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari etishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab boMadi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlar sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yoMlarini izlab topish vazifasi turadi. Mahsulot tannarxini pasaytirish yoMlari quyidagilardan iborat boMishi mumkin: - ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish; - asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish; - ishlab chiqarishning material sig'imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish; - mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini bearish; - resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish; - ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg'or shakllaridan foydalanish; -mehnat unumdorligini oshirish; - mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo'qotishlarga yo'l qo'ymaslik; - qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligin i oshirish va boshqalar. Qisqa xulosalar Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlari hisobiga kiritiladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muhimdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin boMmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo'yicha toy ri taqsimlash muhimdir. Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo'yicha guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik koixoiialan etishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo'ladi. SHuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlar sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo'llarini izlab topish vazifasi turadi. Download 36.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling