Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash boyicha xarajat moddalari Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati


Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash


Download 36.92 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi36.92 Kb.
#1164390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
suxrob kichik biznes

Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash boyicha xarajat moddalari
Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi. Masalan, qishloq xo'jaligida tannarxni hisoblash moddalari quyidagicha turkumlanadi:

  • qishloq xo'jaligida mahsulot tanarxini hisoblashning "Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to lash xarajatlari", "Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sugurta ajratmalari" va "Asosiy vositalar amortizatsiyasi" moddalaridan tashqari boshqa moddalari tarkibi sanoat korxonalari mahsuloti tannarxini hisoblash moddalaridan farq qiladi.

  • "Mineral va organik o g itlar" moddasida ekinlarga solingan mineral va organik o'g itlar qiymati hisobga olinadi. Bunda korxonaning o'zida mavjud organik o'g itlar (go'ng va boshqa) ularni ishlab chiqarish tannarxida, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi.

Ushbu o'g'itlarni ekinlarga solish (transportga yuklash, tashish, tushirish, sepish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlarva boshqa) hisobga olinadi.
"Osimliklar va chorva mollarini himoyaiash vositalari" moddasida ekinlar va chorva mollarini kasalliklar, zararkunandalardan himoyaiash va begona o'tlardan tozalashda ishlatiladigan vositalar: gerbitsidlar, pestitsidlar, defoliantlar, kimyoviy va biologik vositalar, biopreparatlar, tibbiy va dezinfeksiya vositalari hamda boshqa himoya vositalarini sotib olish bilan bog'liq xarajatlar o'z aksini topadi.
Ushbu himoya vositalari bilan ekinlarga ishlov berish xarajatlari (sepish, changlatish, defolyatsiya qilish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqalar) hisobga olinadi. Chorvachilikda bu moddaga biopreparatlar, tibbiy va dezinfeksiya vositalarini ishlatish bilan bog'liq xarajatlar ham hisobga olinadi.
"Yem-xashak va ozuqa" moddasida chorva mollarini oziqlantirishda ishlatilgan korxonaning o'zida etishtirilgan hamda chetdan sotib olingan em-xashak va boshqa ozuqa turiari qiymati o'z aksini topadi. Bunda ozuqalarni korxona ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish joyiga tashish xarajatlari, shuningdek ularni ozuqaga tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar ushbu moddada aks etrnay tegishli moddalarda (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"Uruglik va kochat materiallari" moddasida o'zida ishlab chiqarilgan hamda sotib olingan ekish uchun mo'ljallangan urug'lik va ko'chatlar hisobga olinadi. Bunda korxonaning o'zida yetishtirilgan urug lik va ko'chatlar ularni ishlab chiqarish tannarxi, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi. Ushbu urug lik va ko'chatlarni ekishga tayyorlash (transportga yuklash, tashish, tushirish, ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"Qayta ishlash uchun xomashyo" moddasida korxonaning yordamchi tarmoqlarida mahsulotlarni qayta ishlashda ishlatilgan va yaratilayotgan mahsulotning asosi yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadigan xomashyo va materially sarfi o'z aksini topadi:
- aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda - don, don aralashmasi,
o't uni, suyak uni va boshqa mikro va mineral qo'shimchalar qiymati;
-tegirmonda-bug doy qiymati;

  • sabzavot va mevalarni qayta ishlashda - sabzavotlar, mevalar, turli xil qo'shimcha va konservantlar qiymati;

  • qassobxonada - so'yiladigan chorva mollari qiymati;

- sut mahsulotlari tayyorlashda - sut, sut mahsulotlari, shakar,
vanilin, achitqi va boshqa qo'shimchalar qiymati.
"Asosiy vositalarni saqlash" moddasida aynan shu ekin yoki chorva mollari turiga taqsimlanadigan, asosiy vositalarning balans qiymatidan kelib chiqib o'rnatilgan me’yorda hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari hisobga olinadi.
O'simlikchilik tarmog ida ishlatiladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari alohida ekin turiari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab chiqarish turiari tannarxiga quyidagi tartibda qo'shiladi:
-tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o'ruvchi kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari tannarxi;
-traktorlarniki - ular tomonidan ekin turiari bo'yicha ishlov hajmiga (shartli etalon gektarda) mutanosib ravishda;
-tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarniki - ekin turiari bo'yicha ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-ekish agregatlariniki - ekin turiari bo'yicha ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-hosilni o'rib-yig'uvchi kombaynlarniki - ekin turiari bo'yicha ishlov berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-mineral o'git soluvchi mashinalarniki - ekinlarga solingan o'g'itlarning fizik hajmiga mutanosib ravishda;
-bir necha turdagi chorva mollari joylashtirgan binolarniki - har bir chorva moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr kvadratda) mutanosibravishda;
-bir turdagi chorva mollari joylashlashtirgan binolarniki - to'g ridan -to'g'ri shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi;
-mahsulotlarni saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining omborda egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda.

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling