«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani o‘rganishi lozim bo‘lgan muammolar:
Korxonalar va firmalarda matematik usullarni qo‘llash;
Chegaralangan resurslardan optimal foydalanish;
Raqobatchi firma va korxonalar strategiyalarining optimallash va muqobillashtirish;
Iste’molchining xatti-harakati;
Zaxiralarni optimal boshqarish;
Ommaviy xizmat ko‘rsatish modellarini qo‘llash;
Optimallashtirish masalalari va ikkilanganlik nazariyasi;
Makroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish;
Tarmoqlararo balansda agregirlash;
Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning matematik modellarini tuzish;
Tarmoqli modellashtirish;
Tuzilgan modellarning real jarayonlarga mosligi tekshirish va miqdoriy baholash.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fani oldida turgan vazifalar:
Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o‘rgatish;
Iqtisodiyot murakkab va ierarxik tuzilishga egaligi, iqtisodiy jarayonlarning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o‘rgatish;
Mikro- va makro darajadagi iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish tamoyillarini o‘rgatish;
Korxona va firmalarning faoliyat ko‘rsatish mexanizmini o‘rgatish;
Korxonalarda o‘rganilayotgan har bir jarayonga mos keluvchi iqtisodiy-matematik usullar va modellarni tuzish yo‘llarini o‘rgatish;
Korxonalar ma’lumotlari bo‘yicha optimizatsion, balans, trend modellarini tuzishni o‘rgatish;
Tanlangan modelni maxsus kompyuter dasturlari asosida yechishni o‘rgatish;
Har bir iqtisodiy jarayon va hodisalarning ko‘p variantli yechimlarini olishni o‘rgatish;
Olingan yechimlarni iqtisodiy tahlil qilish va qaror qabul qilishni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |