Reja: Iste’molchining tanlash erkinligi


yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi


Download 1.96 Mb.
bet6/10
Sana04.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1163581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Matematik dasturlash Dilshod

2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta’minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2010 yilga belgilangan ustuvor vazifalari:

  1. Islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish.

  2. Bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash.

  3. Tarkibiy o‘zgartirishlar jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish;

  4. Yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash;

  5. Transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  6. Qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish;

7. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir. Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy-matematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya’ni iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita hisoblanadi.
“Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini kompleks tahlil qilish, barqaror iqtisodiy o‘sishning ko‘p variantli modellarini yaratish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va taqchil resurslardan optimal foydalanish yo‘nalishlarini aniqlab beradi. Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu jarayonlarni ko‘p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda.

Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani:



  • iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;

  • milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;

  • qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko‘maklashadi;

  • tadqiq qilinayotgan obyekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va bashorat qila oladigan modellarini yaratadi;

tadqiq qilinayotgan obyektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling