Reja: Iste’molchining tanlash erkinligi
Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning nazariy va amaliy ahamiyati
Download 1.96 Mb.
|
Matematik dasturlash Dilshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani o‘z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo‘lgan quyidagi tushuncha va qoidalarni oladi
- Iqtisodiy model
Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning nazariy va amaliy ahamiyati:
1. Iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 2. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan amalda samarali foydalaniladi. 3. Iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha bashoratlarni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish imkoniyatining mavjudligi. 4. Iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoniyati yaratiladi. 5. Murakkab hisoblash ishlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishni osonlashtirish bilan birga, aqliy mehnat yengillashtiriladi, boshqaruv va iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etishga va boshqarishga yordam beradi. “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani o‘z ichiga maxsus fanlar tizimidan iborat bo‘lgan quyidagi tushuncha va qoidalarni oladi: Iqtisodiy jarayonlarda obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini, ularning o‘zaro bog‘lanishilarini o‘rganish; Biznes-rejalarini ilmiy asoslash va ularni bajarilishini obyektiv baholash; Iqtisodiyotga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni izlab topish va ularning ta’sirini miqdoriy baholash; Ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi tendensiyalarini va nisbatlarni, foydala-nilmayotgan ichki imkoniyatlarning zaxiralarini aniqlash va ochib berish; Ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun obyektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda model biror obyektni yoki obyektlar sistemasini namunasidir. Model tushunchasi biologiya meditsina, fizika va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. SHunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi. Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat: I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo‘jaligi bu o‘ta murakkab sistemadir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin. II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng maydon tug‘iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o‘zgartirib, obyektni faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo‘llash mumkin. Real obyektlar ustida eksperiment qilish ko‘plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. III. Model, noshakl sistemani, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga yordam beradi. IV. Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun obyekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida obyekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, obyekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling