Reja: Iste’molchining tanlash erkinligi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni


Download 1.96 Mb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1163581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Matematik dasturlash Dilshod

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari:

    • bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega;

    • resurslarning chegaralanganligi va alternativ xarajatlar;

    • ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida raqobatning mavjudligi;

    • iqtisodiy ko‘rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko‘ra bilish;

    • bozorda assimetrik axborotning mavjudligi.

Asosiy iqtisodiy-matematik usullar:
a) Matematik statistika usullari:
- dispersion tahlil;
- korrelyasion tahlil;
- regression tahlil;
- omilli tahlil.
b) Ekonometrik usullar:
- iqtisodiy o‘sish nazariyasi;
- tarmoqlararo balans;
- ishlab chiqarish funksiyasi;
- talab va taklif tahlili.
v) Optimal dasturlash usullari:
- Chiziqli dasturlash;
- Chiziqsiz dasturlash;
- stoxastik dasturlash;
- dinamik dasturlash.
g) Bozor iqtisodiyotiga taalluqli usullar:
- erkin raqobat;
- ishlab chiqarish sikli modeli;
- firmalarga taalluqli modellar.
d) Iqtisodiy tizimni eksperimental o‘rganish usullari:
- imitatsion;
- ishbilarmonlik o‘yinlari;
- ssenariylarni o‘tkazish.
Model - tor ma’noda – o‘rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt; keng ma’noda – biror obyektni yoki obyektlar tizimining namunasidir.
Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar.
Moddiy modellar real obyektlarni tabiiy va sun’iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash.
Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog‘langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda eng keng qo‘llaniladigan modellardan biri - bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funksional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi.
Matematik modellashtirish keng ma’noda o‘z tabiatiga ko‘ra turli, lekin o‘xshash matematik bog‘lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlar o‘rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir.
Iqtisodiy-matematik modellar o‘z o‘rnida funksional va strukturali bo‘lishi mumkin.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling