Modellashtirish jarayoni va bosqichlari tavsifi.
1-bosqich. Iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uning nazariy sifat jihatdan tahlili.
2-bosqich. Tuzilgan iqtisodiy-matematik modelning matematik tahlili.
3-bosqich. Iqtisodiy-matematik modelni tuzish.
4-bosqich. Modellashtirilayotgan obyekt bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlarni tayyorlash.
5-bosqich. Masalani yechish algoritmini tuzish, kompyuter dasturlarini tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish.
6-bosqich. Masalani yechimining miqdoriy tahlili va uning amalda qo‘llanilishi.
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi.
Keyingi o‘n yilda, ya’ni 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi.
Iqtisodiyotda 2010 yili yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanib, aholining real daromadlari 123,5 foizga oshdi, o‘tgan yilda inflatsiya darajasi 2009 yildagi 7,4 foiz o‘rniga 7,3 foizni tashkil qildi. Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga, puxta o‘ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko‘rilgan samarali chora-tadbirlar natijasidir.
Agar o‘n yil oldin, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 24 foizni, transport va aloqaning ulushi tegishli ravishda 7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo‘yicha bu raqam 37 foizdan 49 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligining ulushi esa 30,1 foizdan 17,5 foizga tushdi.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |