Reja: Jaloliddin Rumiy-bashariyat shoiri. "Masnaviyi ma'naviy"- fors tilidagi Qur'on


Download 2.45 Mb.
Sana06.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1752823
Bog'liq
rumiy


Mavzu: "Masnaviyi ma'naviy"da botiniy ma'no talqini.
Reja:
1. Jaloliddin Rumiy-bashariyat shoiri.
2."Masnaviyi ma'naviy"- fors tilidagi Qur'on.
3. Rumiy hikmatlari.
Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy” asari yetti asr mobaynida g’arbu-sharq olimlari o’rtasida turli bahsu munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda. Jahon mutafakkirlari tomonidan Rumiyga bashariyat shoiri deb tasnif berilishi, uning “Masnaviy” asari esa Qur’ondan keyin turuvchi kitob, tasavvuf qomusi, ma’naviyat dengizi yoki dunyo kitobi deb baholanishiyoq bu asarning qadri va nufuzi nechog’ligidan dalolatdir.
Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy” kulliyoti to’liq 6 daftardan, aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib, u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.
Masnaviy ma’naviy”da Jaloliddin Rumiy o‘zining ta’limotini, dunyoqarashini bayon qilgan. Hadis va oyatlar, xalq og‘zaki ijodidan olgan masallar, naqllar, latifalar, ibratli voqealarga va hikoyatlarga o‘ralgan falsafiy fikrlar asarning mohiyatini tashkil etgan. Insonlarga tushunarliroq bo‘lishi va tezroq yetib borishi uchun shoir o‘z ta’limoti asoslarini she’riyat tili bilan so‘zlaydi.
Rumiy mutafakkir shoir sifatida murakkab so‘fiyona fikrlarni, ramz bilan ishora qilingan mulohazalarni oddiy hayotiy tafsilotlari bilan tushuntirib beradi. “Rumiy ming yillar davomida to‘planib kelgan Sharq falsafasi va hikmati, islomiy haqiqatlarni omuxta etaolgan, tasavvuf va falsafani qo‘shib, inson ruhi dialektikasini ochgan ulug‘ mutafakkirdir.
“Masnaviy”da insonning butunligi, ulug‘ligi, musaffoligi ham, nuqsonlari, xudbinlik oqibatida kelib chiqadigan illatlar ham tahlil etiladi. Bu illatlardan, nuqsonlardan qutulish, poklanish fazilatlari bayon qilinadi. Rumiy uchun insonlar dinidan, irqidan, millatidan qat’iy nazar birdir. Muhimi u inson bo‘lganligi uchun qadrlidir. Tasavvufda, asosiysi, inson ko‘nglidir, kishilar turli tillarda so‘zlashadigan xalqlarga bo‘linishidan qat’iy nazar, ular bir-birini tushunishi, anglashi kerak.
Bu – «Masnaviy» kitobi; Alloh taologa yetishish va Unga yaqinlik sirlarini ochishda uning usuli din usullarining usulidir; u Allohnng buyuk fiqhidir, u Allohning yorqin shariatidir va Allohning ochiq-oshkor hujjatidir; Uning «nuri xuddi bir tokcha ustidagi chiroq»1 nuri misolidirkim, subh nuridan ham munavvarroqdir;
Rumiyning adabiy faoliyati serqirra emas, lekin muhim ahamiyatga ega. Jaloliddin avvalam bor, shoir bo‘lgan. Uning lirik “Devon”i xali batafsil o‘rganilmagan, qasidalar, g‘azallar va to‘rtliklar - ruboiylardan iborat. Shoir dunyo ulug‘vorligidan qat’iy nazar unda insonning qadr-qimmati g‘oyasini ilgari suradi; u so‘nib borayotgan diniy urf-odat rasmiyatchiligi va safsatabozligiga qarshi chiqadi.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling