Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi


INSONNI O‘RGANADIGAN FAN — ANTROPOLOGIYA DEB YURITILADI


Download 83.24 Kb.
bet18/35
Sana24.12.2022
Hajmi83.24 Kb.
#1057554
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
7-mavzu. JAMIYAT VA INSON FALSAFASI. (1)

INSONNI O‘RGANADIGAN FAN — ANTROPOLOGIYA DEB YURITILADI.
ANTROPOLOGIYA inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‘laroq ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» — insonning o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o‘zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi. Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliyhimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit berishi mumkin.
INSON - o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar shular jumlasidandir.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, xayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo‘yish yoki psixologik xususiyatlarni bo‘rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.

Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling