Reja jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi


Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari


Download 83.24 Kb.
bet6/35
Sana24.12.2022
Hajmi83.24 Kb.
#1057554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
7-mavzu. JAMIYAT VA INSON FALSAFASI. (1)

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

4.1.Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich
oshirish:
4.2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish:
4.3.Arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
4.4.Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:



  1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar

5.1.Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
5.2.Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati.
Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda xuquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy xarakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, maxalla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson saloxiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o‘ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O‘zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Download 83.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling