Reja: Jamiyat va tarixning uzgaruvchanligining falsafiy jixatlari. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixga formatsion va
Download 92.85 Kb.
|
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TARIXNING MAZMUNI
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TARIXNING MAZMUNI,YO’NALISHLARI VA KONSEPSIYALARI REJA: 1. Jamiyat va tarixning uzgaruvchanligining falsafiy jixatlari. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar. 2. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Ijtimoiy xayot sferalari. Jamiyatning siyosiy xayotida davlatning urni va roli. Demokratik davlat va fukarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan urni. 3. Jamiyat taraqqiyoti haqida tarixiy shaxslarning fikrlari. 1-MASALA: Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi. Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan so’zlar bor. Barchasining o’zaro yig’ilgan, to’plangan degan ma’noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan: jamoat jam. Odamlar jam bo’lishdi. Jami – o’n nafar. Shuningdek, jam so’zi qo’shuv ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir guruh kishilari deganidir. Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli qarashdagi kishilar bo’lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yo’lida jam bo’lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz o’quvchi hammahalla, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so’zining jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo’ladigan, ijtimoiy ong shakllarini belgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To’g’ri, jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.1 Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega bo’lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir. Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliqg’ bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Birinchi prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini angalsh, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura, go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’liqona qondirish imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. Jamiyat ham makro va mikro jismlar kabi o’z-o’zini tashkillovchi va boshqaruvchi tizimdir. Binobarin, bu tizim muayyan qonunlar asosida mavjud bo’ladi va takomillashib boradi. Ikki jins yakka nikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’, qabila, elat (xalq, millatlarning vujudga kelishi va shu birliklarda o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida davlatlarning kelib chiqishi, mulkiy munosabatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, har bir jamiyatning o’z bazis va ustqurmasi bo’lishi, bozor iqtisodi munosabatlari, (bularning iqtisod nazariyasi va sosiologiya fanlari batafsil o’rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida tarixan o’z-o’zidan shakllangan. Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart-sharoitlarda birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi. Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, sobiq Sho’rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning harakati yo’li shu davlat tugashi bilan to’sib qo’yildi. Yoki talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor iqtisodiga o’tishning besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o’ziga xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar birbiri bilan dialektik aloqadorlikda bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi.2 Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo etishni olg’a surgan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. Qadimgi turk mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida e’tiborga sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik hissining rivojlanganligi bilan izohlaganlar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va rivojlanishi sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan bog’langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama ekanini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra, har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach,ijtimoiy imkoniyatlar ro’yobga chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi. 2-MASALA. Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keiyn o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi. Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida yo’qotishlar ro’y beradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o’tish, jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarish jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o’tish jarayonida islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida odatda ikki yo’ldan – inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (yevolyusion) taraqqiyoti barqaror – tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatadi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyusion yo’li bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. .. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilish lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir».3 O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir: – iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; – davlatning bosh islohotchi ekanligi; – qonun ustuvorligi; – kuchli ijtimoiy himoyalash; – bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish; o’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi hamda inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda. O’zbek modelining hayotiyligi jahon jaoatchiligi tomonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qizikish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rivat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, yni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyatimiz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayol va oiladagi ahvol, mavqyei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi jihatdan ayolning ma’anviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir. Oila muammolari ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi. Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o’tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla o’mitalari av boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabrtoqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshladi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi haqida qisqacha ma’lumot: Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o’rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog’lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o’rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo’lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo’nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo’limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo’limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Tarixning mazmunini aniqlash yo’lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san’atshunoslik, semiotika, san’atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o’zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo’ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko’ndalang bo’ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqyealar majmui sifatida namoyon bo’lgan. Tarix tavsifi ancha to’liq bo’lgan, ba’zan bo’yab ko’rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir.(tarixchining talqini, interpretasiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nisshe) sifatida tasavvur qilganlar. Diniy an’ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O’rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e’tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig’ bo’lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo’lini ko’rsatadi. Avreliy Avgustin o’zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to’g’risida so’z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo’l ko’rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo’ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig’ bo’lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so’z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun obyektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O’rta asrlar falsafasi ilk bor ta’riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g’oyasi ancha yashovchan bo’lib chiqdi: u turli yo’nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta’limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma’rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko’rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma’rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o’z aksini topgan. U o’zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg’i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g’oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi. Tafakkurning tantanasi g’oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko’ra, mazkur taraqqiyot o’zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo’lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, tarixiy jarayon «aqlga muvofiq», ya’ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o’zboshimchaligidan qat’iy nazar o’ziga yo’l ochadigan obyektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Tarixning mazmuni mutlaq ruh o’zini o’zi anglab yetishidadir, deb qayd etadi Gegel. Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi keyingi izlanishlar amalda muayyan ideal tajassumi sifatidagi tarixning mazmuni haqidagi tezisning ko’rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo’lishi mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste’mol jamiyati ideali, axborot jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatasiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. Tarixning mazmunini aniqlash yo’lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari –K.Yaspers taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga asoslanadigan mazmun jihatidan bog’lanishida ko’radi. Mazkur bog’lanishning mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o’qi kafolatlaydi. U Sharq va G’arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan foydalanishga kirishilishi kabi to’rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o’qining boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrga mos keladi. Yevropada fan-texnika davrining boshlanishi mazkur madaniyatlarning davomi (ma’lum ma’noda esa ularning ziddi) bo’lgan. To’rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat insonga munosib bo’lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi. Totalitarizmdan butunlay voz kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va vaqt o’qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir. Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o’rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini, xalqlar o’rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma’naviy merosini saqlash va ko’paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishni ta’minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab mo’ljal oluvchi g’oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. XIX asrda falsafadan sosiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o’z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. 3-MASALA: O.Kont. Ijtimoiy tadqiqotlarning obyektivligiga erishish lozim, degan g’oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sosiologiya asoschisi. U sosiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va o’zgarish qonunlarini o’rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o’xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O’rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi). Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o’zo’zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan o’ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o’ziga xos xususiyat»ga ega bo’lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formasiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarning o’zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi. G.Spenser. Sosiologiyada organik yo’nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820- 1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat evolyusiyasining dastlabki shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning qobiliyatlari rivojlanish darajasining pastligi bilan tushuntiradi. Eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o’rgangan. Spenser yaratgan ta’limotni keyinchalik sosiologiyadagi geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan. E.Dyurkgeym. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar tizimi bilan bog’lagan, faqat shu yo’l bilan tarixni uning o’ziga xos xususiyatiga muvofiq tarzda o’rganish mumkin, deb hisoblagan. E.Dyurkgeym ham qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb bilgan. Jamiyat tuzilmasini o’rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo’lib, u o’z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Noijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatishga qodir emas. Jamiyat tuzilmasiga Dyurkgeym o’zaro ta’sirga kirishadigan va bir-birini vujudga keltiradigan ijtimoiy dalillar majmui sifatida qaraydi. Ijtimoiy dalillar sababini ongdan emas, balki bundan oldingi ijtimoiy dalillardan qidirish lozim. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib topadi: birinchidan, u moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, ikkinchidan, ijtimoiy jamoalarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, kasbiy guruh kabi jamoalarni, shuningdek mehnat taqsimotiga muvofiq vujudga keladigan, ijtimoiy birlik (axloq, din)ni ifoda etadigan ijtimoiy institutlarni farqlaydi. Ijtimoiy jarayonda sababiyat ijtimoiy muhitning yuqorida zikr etilgan elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o’zaro ta’siridir. Dyurkgeym ijtimoiy evolyusiya mavjudligini qayd etadi va uni mehnat taqsimoti bilan bog’laydi. U rivojlangan mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperasiyani yuksak darajada uyushgan jamiyatning belgisi deb hisoblaydi. Mazkur jamiyat mehnat taqsimoti mavjud bo’lmagan arxaik jamiyatlardan ayni shu belgiga ko’ra farq qiladi. Mehnat taqsimoti individlar o’rtasidagi farqlarni belgilaydi va shaxs shakllanishining omili hisoblanadi. U odamlarni o’zaro aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg’un tus beradi. Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha, jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab bo’ladi. Ne’matlar va xizmatlarni ayirboshlashning buzilishi natijasida yuzaga keladigan tengsizlik, shuningdek shaxs o’z kasbiy roliga moslashmagani jamiyatda sinfiy kurashni keltirib chiqaradi. Mehnat taqsimotini muvofiqlashtirishning maqbul vositalarini topish, imkoniyatlar tengligini ta’minlaydigan qoidalarning aniq majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sosiologiya fan sifatida ayniqsa muhim rol o’ynaydi deb hisoblagan. M.Veber. Maks Veber (1864-1920) o’z sosiologik qarashlarida Rikkertning borliq va ongning o’zaro aloqasi zamirida subyektning qadriyatga bo’lgan muayyan munosabati yotadi, degan g’oyasiga tayangan. Shunga muvofiq Veber tahlil qilinayotgan materialning iqtisodiy, diniy va axloqiy qadriyatlar bilan o’zaro nisbatini aniqlash lozim deb hisoblagan. O’zining «Protestantcha axloq va kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va AQShda vujudga kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining ta’sirini tahlil qiladi. U hozirgi zamon xo’jalik hayotida hukm surayotgan kapitalizmning o’ziga xos xususiyatiga mos keladigan xo’jalik yurituvchi subyektlar – tadbirkorlar va ishchilar shakllanishi natijasida vujudga kelganini qayd etadi. Veber tarixiy materializmning g’oyalar iqtisodiy munosabatlar ustqurmasi sifatida yuzaga kelgan, degan «sodda» tasavvurlariga to’g’ridan-to’g’ri e’tiroz bildiradi va aksincha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili bo’lgan, deb hisoblaydi. U kapitalizm modelini kapitalistik naf ko’rishga oqilona intilishdan keltirib chiqarishga harakat qiladi. Veber rasionalizm tamoyillari G’arb madaniyatining barcha hodisalarida: fanda, san’atda, monumental qurilmalar yaratish konstruktiv tamoyillarida hukm surishini qayd etadi. Oqilona ishlab chiqilgan konstitusiya, huquq, oqilona yaratilgan qoidalarga qarab mo’ljal oladigan mutaxassisamaldorlardan iborat siyosiy institut sifatidagi davlat faqat G’arbda mavjud. Ammo rasionalizm qadriyatlarini amalga oshirishning eng oqilona ifodasi tadbirkorlik sohasida mujassamlashgan: ishlab chiqarishning kommersializasiyalashuvi, buxgalteriya hisoboti, chayqovchilikni oqilonalashtiruvchi qimmatli qog’ozlar va birjalar, mehnatni oqilona tashkil etish va h.klardir. O’zining boshqa bir qator asarlari, chunonchi: «Tushunuvchi sosiologiyaning ba’zi bir kategoriyalari haqida», «Jahon dinlarining xo’jalik axloqi», «Xo’jalik va jamiyat», «Xo’jalik tarixi»da Veber ijtimoiy harakat va uning motivasiyasi tushunchasini ta’riflab berdi. Borliqni tushuntirish uchun u «ideal tiplar» metodologiyasini yaratdi va undan foydalandi. Veber fikriga ko’ra, ijtimoiy organizm hujayrasi hisoblanadigan ijtimoiy harakat ikki omil: subyektiv motivasiya va boshqalarga qarab mo’ljal olishni o’z ichiga oladi. U ijtimoiy harakatning oqilona maqsadli ijtimoiy harakat, oqilona qadriyatli ijtimoiy harakat, affektli ijtimoiy harakat va an’anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi. O’zining ijtimoiy harakat konsepsiyasini Veber hokimiyatni tushunishga nisbatan ham tatbiq etadi. O’zgalarning umidlariga qarab mo’ljal olish ijtimoiy harakatning muqarrar belgisi bo’lgani bois, hokimiyat siyosiy munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlarning o’zaro umidlarini nazarda tutadi. Shu holdagina hokimiyat qonuniylik kasb etadi: boshqarayotganlar o’z buyruqlariga bo’ysunishlariga umid qiladilar; boshqarilayotganlar esa oqilona buyruqlarni kutadilar. Veber qonuniy davlatlarning: ish vakolatlari qonuniy belgilanishining majburiyligiga bo’lgan ishonchga ko’ra hukmronlik; muayyan xulq-atvorga ko’nikish bilan belgilangan hukmronlik; xarizmatik hukmronlik kabi uch tipini farqlaydi. Boshqaruvning oqilona-byurokratik tipi vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan hokimiyatning namunaviy-oqilona tipini Veber hokimiyat ideali deb hisoblagan. XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari ta’siri haqidagi g’oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikasiya, globallashuv kabi omillarni birinchi o’ringa qo’yadilar. I.A. Karimov (1938) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg’un holda ko’radi. Uning fikricha “Inson uchun tarxidan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir” Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o’zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po’shlangan tarixiy xotirani o’z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”5 . Shundagina millat, xalq o’z-o’zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko’rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir. N.Jo’rayev (1952) fikricha, vaqt o’tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va obyektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo’rayev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi: - insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini o’rganish; - insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o’tkazib kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo’lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g’oyasi asosida o’rganish va davrlashtirish muammosini hal etish; - sivilizasiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; - tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o’tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan o’rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish; - tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan o’rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; - qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash; - insoniyat tarixida to’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o’rganish; - tarixni anglashning yangi yo’nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish; - yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o’rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; - tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo’nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa yo’nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish6. Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-biridan ayri yo’nalishdek ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka, insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko’zi bilan qarasa, faylasuf faylasuf ko’zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri, tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot falsafasining mantig’idir. Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari. «Tarix falsafasi» nima va uning predmeti nimadan iborat? Bu savolga javob berar ekanmiz, tarix falsafasi tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug’at» mualliflari bergan ta’rifni keltirish o’rinli bo’ladi deb o’ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi»7 . Shunday qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti va muammolari sezilarli darajada o’zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining turli yo’nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi. Masalan, antik davr tarixchilari va faylasuflari (Gerodot, Platon, Fukidid, Aristotel, Plutarx va b.)ning tadqiqotlari o’tgan va hozirgi zamon kishilarining qilmishlari, tabiat va insonning o’zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig’ishdan, ya’ni tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiytarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o’rganishdan iborat bo’lgan. O’rta asrlarda (Avgustin va b.) tarix falsafasining predmeti sifatida avvalo Xudo va insonning o’zaro aloqasi muammosi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy vahiy sanalgan tarixiy jarayonning mazmunini aniqlash, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifasini o’rganish amal qilgan. Sharqda tarix falsafasining (A.Beruniy, Ibn Xaldun, A.B.Narxashiy, R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, yo’nalish va omillarini belgilovchi kishilik jamiyatining o’ziga xos davriylik nazariyasi alohida o’rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o’zining hayotiy davriga ega. Beruniy tarixni o’rganish tahlil qilish va so’ng xulosalar chiqarish zaruligini tavsiya qilar ekan, uni davrlarga bo’lish, har bir davrning o’ziga xos jihatlarini aniqlash va ana shu usul orqali ijtimoiy hayotga, kishilik jamiyatiga tegishli va asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi. Maqola Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universtiteti Iqtisodiyot fakulteti o’quvchisi Abdullayev Muhammadqodir tomonidan yozildi. Ayrim joylarda Wikipediyadan foydalanilgan. Download 92.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling